Nurullaeva Shaxlo Uktamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari pedagogik tayyorgarligini modellashtirish nazariyasi va metodikasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1DSc/Ped200.
Ilmiy maslahatchi: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kekeeva Zinaida Odirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini pedagogik tayyorgarligini modellashtirishning nazariy asoslari va metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
modellashtirish va pedagogik modellashtirishning aloqadorlik, uzluksizlik, tizimlilik, shaffoflik, yaxlitlik tamoyillari va funksional, didaktik, eksperimental, axborot shakllari muammosiga doir falsafiy, konseptual, metodologik, psixologik, pedagogik va metodik qarashlar ilmiy, kognitiv, korreksion, ierarxik, qiyosiy va xronologik asosda tizimlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik tayyorlash modeli nazariy, amaliy va metodik bilimlar, akademik, didaktik, suggestiv, kommunikativ, konstruktiv va perseptiv kabi pedagogik qobiliyat turlari hamda pedagogik texnikani shakllantirishga qaratilgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, treninglar, vaziyatli masalalar, mikrodarslar innovatsiyaviy, tadqiqiy, refleksiv, integratsion va kreativ yondashuvga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
talabalarni pedagogik faoliyatga psixologik jihatdan tayyorlash modeli relaksatsiya mashqlari, psixologik treninglar, emotsional holatni aniqlash testlariga asosan barqaror-ekstravertlik sifatlarini rivojlantirish hamda verbal va noverbal kommunikatsiya mashqlari, empatiya, perseptiv, suggestiv, konstruktiv qobiliyatni hamda pedagogik texnikani tarkib toptirishga doir mashqlar yordamida kompetentlik, ijtimoiy kommunikativlik, prognozlash va loyihalashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligi uzviylik, uzluksizlik, tizimlilik, yaxlitlik, aloqadorlik umummetodik tamoyillar va integrativlik, shaxsga yo‘nalganlik, texnologiyalashganlik, zamonaviylik kabi xususiy metodik tamoyillarga tayangan holda nazariy-metodik, metodik-refleksiv hamda metodik-tadqiqiy yo‘nalishlarda pedagogning shaxsiy-refleksiv va shaxsiy-motivatsion yo‘nalganligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarni virtual ta’lim muhitida o‘z ustida ishlash tizimi vebinarlar, ochiq onlayn kurslar, ilmiy-metodik seminarlar, refleksiv mashqlar shaffoflik, ochiqlik, individuallik, tizimlilik, demokrativlik kabi pedagogik hamkorlik tamoyillari va kompetensiyaviy, texnologik, integratsion, tadqiqiy hamda kasbiy-refleksiv yondashuvlar asosida rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi talabalarini amaliy faoliyatga pedagogik, psixologik va metodik tayyorgarligini modellashtirish va amalga oshirishga doir ishlab chiqilgan nazariya va metodika asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik tayyorlash modeli nazariy, amaliy va metodik bilimlar, akademik, didaktik, suggestiv, kommunikativ, konstruktiv va perseptiv kabi pedagogik qobiliyat turlari hamda pedagogik texnikani shakllantirishga qaratilgan treninglar, vaziyatli masalalar, mikrodarslar kreativ yondashuvga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan xulosalaridan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 2 avgustdagi 181/1-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ma’naviy-ahloqiy tarbiyasi, umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg‘unligi asosida takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
talabalarning pedagogik faoliyatga psixologik tayyorgarliklarini takomillashtirish, emotsional-barqarorlik sifatlarini shakllantirishga, nutq texnikasini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik ma’lumotlardan umumiy o‘rta ta’lim maktablari 2-sinflari uchun “O‘qish kitobi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan, 110-son buyurtma). Natijada ushbu darslik uzluksiz ta’lim bosqichlari uzviyligini ta’minlashga, talabalarning pedagogik, psixologik va metodik tayyorgarligini tizimli tashkil etishga xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini boshlang‘ich ta’lim fanlarini texnologik, kreativ, differensial va integratsion yondashuv asosida tashkil etishga doir tajribalar umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun ishlab chiqilgan “O‘qish kitobi. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma” mazmuniga singdirilgan (Toshkent: Sharq nashriyoti. – 2012. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan, 2587-son buyurtma). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘qituvchilar faoliyatlarini ilmiy tashkil etish, ijodkorlikning kognitiv va shaxsiy-motivatsion jihatlarini oshirish uchun foydalanilgan;
modellashtirish va pedagogik modellashtirishning aloqadorlik, uzluksizlik, tizimlilik, shaffoflik, yaxlitlik tamoyillari va funksional, didaktik, eksperimental, axborot shakllari muammosiga doir qarashlar ilmiy, kognitiv, korreksion, ierarxik, qiyosiy va xronologik tahlillar asosida tizimlashtirilganligiga oid xulosalaridan ITD–1.A–1–173 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 2 avgustdagi 181/1-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ, perseptiv, suggestiv va konstruktiv qobiliyatlarini vorisiylik va zamonaviylik tamoyillari asosida takomillashtirilishiga xizmat qilgan.