Teshaboeva Ziyodaxon Qodirovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boburnoma»ning inglizcha tarjimalaridagi frazeologik birliklarning kognitiv va leksikografik tadqiqi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili) (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.DSc/Fil213.
Ilmiy maslahatchi: Boqieva Gulandom Hisomovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtasinov Ilhomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xolmonova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Eyji Mano, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «Boburnoma»dagi frazeologik birliklar, ularning inglizcha tarjimalarining kognitiv va leksikografik nuqtai nazardan ochib berish va mavzuli lug‘at yaratish tamoyilini ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
«Boburnoma»dagi tarixiy personajlar xarakterini yoritishda qo‘llangan frazeologik birliklar inglizcha tarjimasining qiyosiy-chog‘ishtirma va komponent, tavsifiy-analitik tahlillari asosida tarjimonlarning qo‘llagan leksik, grammatik, sintaktik transformatsiya usullarini aniqlash orqali V.Tekston tarjimasida transformatsion, S.Beverijda kal`ka va J.Leyden-V.Erskinda ma’no ko‘chish usulining ustuvorligi dalillangan;
«Boburnoma»dagi frazeologik birliklar tabdili va ularning o‘zbekcha-ruscha-inglizcha tarjimalar o‘rtasidagi strukturaviy-semantik tafovutlarni aniqlash orqali iboralarning asliyatga xos muqobillarini belgilashda ekvivalentlik hodisasining ilmiy-nazariy tamoyillari lingvomadaniy aspektda asoslangan;
asardagi frazeologik birliklar leksik-semantik maydonining ochib berilishi va ularning kognitiv-konseptual tahlili orqali frazeologik birliklarning tasviriy va funksional ekvivalentlik xususiyatlarining tarjimada aks etish muammolari ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
frazeologik birliklar konseptini lingvomadaniy va kognitiv tahlil qilish hamda frazeologik birliklar tarjimasida ekvivalentlik dinamikasini statistik tahlillari asosida «Boburnoma»ning tabdili va ruscha-inglizcha tarjimasida frazeologik birliklarning adekvatlikka erishishdagi leksik-semantik, grammatik, va sintaktik nomutanosib-liklari aniqlangan;
«Boburnoma»dagi frazeologik birliklar inglizcha tarjimasining muammolarini hal etishda tarjimonlarning asliyatga yondashuvlariga ko‘ra ko‘p tilli lug‘at yaratishning tadrijiy shakllanishi asosida lug‘at tuzish, frazeologik birliklarni saralash va izoh bilan tasvirlash, tabdilga asosan sharhlash kabi tamoyillar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Boburnoma»ning inglizcha tarjimalaridagi frazeologik birliklarni qiyosiy o‘rganish asosida: 
frazeologik birliklar «Boburnoma»ning tabdili, ruscha, inglizcha tarjimasida adekvatlikka erishishdagi nomutanosibliklar aniqlanishi, tarjima muammolarini hal etishda lug‘at tuzishning beshta tamoyili ishlab chiqilganlik yangiliklaridan Respublika va xorijlik olimlar boxabar bo‘ldilar (Bobur nomli xalqaro jamoat fondining 2021 yil 6 apreldagi 26-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Boburnoma»dagi frazeologik birliklarning statistik metod asosida o‘rganilishi va inglizcha tarjimalari, uning ustuvor vazifalarining ishlab chiqilishi Bobur ensiklopediyasining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha qayta nashrida foydalanish uchun xizmat qilgan;
Bobur hayoti va ijodiga, shuningdek, «Boburnoma» asarining ingliz tiliga tarjimalariga doir materiallardan 2020 yil 11 yanvarda «O‘zbekiston tarixi» telekanalida tayyorlanib, efirga uzatilgan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvning ssenariysini yozishda, ilmiy ishda keltirib o‘tilgan materiallardan keng foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yilning 28 fevraldagi 02-10-472-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zahiriddin Muhammad Bobur yoshligi va Boburnoma» asaridagi so‘nggi tadqiqotlarini ommaga tanitishda xizmat qilgan;
«Boburnoma» asarining inglizcha tarjimalari borasidagi materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanali ijodkorlari «Boburnoma»ning inglizcha tarjimalaridagi frazeologik birliklarning kognitiv va leksikografik tadqiqi» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi va «Boburnoma»dagi frazeologik birliklarning inglizcha tarjimalari qiyosiy tahlili» monografiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan ayrim ko‘rsatuvlarning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. 2019 yil 14 fevraldagi “Ozbekiston” telekanalida tayyorlanib, efirga uzatilgan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan «Shoh va shoir» ko‘rsatuvining ssenariysini yozishda dissertatsiya materiallaridan unumli foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2019 yilning 12 iyuldagi 02-13-1324-son ma’lumotnomasi). Natijada, asardagi milliy-madaniy xususiyatli frazeologik birliklar mumtoz adabiyot tarjimasi haqidagi ma’lumotlarni boyitishga xizmat qilgan; 
tuzilgan frazeologik birliklar inglizcha tarjimalari lug‘ati tarixiy personajlar xarakterini yoritishda qo‘llangan va inglizcha tarjimasining tavsifiy-analitik tahlilining ishlab chiqilishi, «Boburnoma»ning inglizcha tarjimada mazmun mutanosibligini ochib berish, frazeologik birliklar tabdili, ruscha – inglizcha tarjimalar o‘rtasidagi semantik aloqalarni o‘rganish, asliyatga xos muqobillarini belgilashga doir xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasining 2021 yil 18 fevraldagi 01-03/241-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Boburnoma»dagi frazeologik birliklarning inglizcha tarjimalari qiyosiy tahlili» nomli monografiyasidan mumtoz adabiyotning eng muhim xususiyatlarini ingliz tilida aks etish muammosi va tarjimonlar yondashuvini aniqlash, tarjimaning turli usullarini yoritib berishi tarjimonlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan; 
saralangan tekstologik manba natijalari Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi “Alta” til xizmatlari kompaniyasida amaliyotga joriy etilgan (USA, ATLANTA, GA30326: ALTA LANGUAGE SERVICE kompaniyasiing 2021 yil 7 apreldagi  I-4877-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot xulosalari tarjimashunoslikni boyitish bilan birga frazeologik birliklarning inglizcha tarjimasida semantik, komponent, kognitiv-konseptual, tavsifiy-analitik, qiyosiy chog‘ishtirma tahlillari ishlab chiqilganligi, tarjimaga doir xizmatlarni bajarishda, o‘zbek millatining milliy-madaniy jihatlarini tarjima qilishda ilmiy asoslangan ma’lumot sifatida xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish