Zamilova Rimma Ramil`evnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qahramonlar va qahramonlik»ning shaxs shakllanishiga permanent ta’siri», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (etika) (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal23.

Ilmiy rahbar: Alimasov Viktor Aleksandrovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.F.01.05.

Rasmiy opponentlar: Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Mamatov Normurod,  falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qahramonlar va qahramonlikning shaxs shakllanishiga permanent ta’sirini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

milliy qahramonlar misolida «qahramon» va «qahramonlik» tushunchalari etik-falsafiy jihatdan ochib berilgan hamda qahramonning axloqiy ideal ekanligi asoslangan;

qahramon konseptlarining motivatsion samaradorligi, qahramon xarakterining ma’naviy yaratuvchanlik va insonparvarlik mohiyati ochib berilgan;

qahramonlikning axloqiy-ijodiy xarakteri aniqlangan hamda o‘zbek xalqining qahramonlik an’analariga sodiqlikni shakllantirishga  qaratilgan pedagogik-psixologik determinantlar ishlab chiqilgan;

yoshlarda milliy qahramonlar misolida al`truizm, filantropiya va gumanizmni shakllantirishning ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy va tashkiliy mexanizmlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

O‘zbekistonda «qahramonlik» fenomenini idrok etish va anglashning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:

qahramonlikning axloqiy ideal ekanligi, yoshlarning ijtimoiy-xulq atvori uchun etalon bo‘lib xizmat qilishi borasidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan «Mahalla mening taqdirimda» ko‘rik tanlovining viloyatlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi saralash bosqichlarini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondining 2016 yil 11 oktyabrdagi 02-03/791-son ma’lumotnomasi). Taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi xalqimiz, jumladan yoshlarda milliy g‘ururni shakllantirish, ularning kelajakka ishonchini yanada mustahkamlash, ko‘rik tanlovning yuqori saviyada o‘tishiga xizmat qilgan;

qahramonlikning axloqiy-ijodiy xarakteri, o‘zbek xalqining qahramonlik an’analari, pedagogik-psixologik determinantlarini belgilashga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari sektori tomonidan o‘tkazilgan «Mustaqillik qahramonlari» loyihasida qo‘llangan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 3–1018-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va tavsiyalar fuqarolik jamiyatining mazkur institutida faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy yetakchi – qahramon, islohotchi – qahramon faoliyatini ob’ektiv baholashga asos bo‘lgan;

qahramon konseptlarining motivatsion samaradorligi, yoshlarda vatanparvarlik va burchga sodiqlik tuyg‘ularini, gumanizmni shakllantirishning ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy va tashkiliy mexanizmlari borasidagi taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan «Vatan himoyachilari – millat g‘ururi» hamda «O‘zbekiston mustaqillik yillarida. Biz kim edik va kim bo‘ldik?» mavzusidagi tadbirlarni o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2016 yil 5 iyuldagi 01–432-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va tavsiyalar O‘zbekistonda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samarali tizimini yaratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish