Kurbanova Sevara Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolardan foydalangan holda kompozision asos moylarning tarkibini va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1899.
Ilmiy rahbar: Xamidov Basit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikromov Abduvaxob, kimyo fanlar doktori, professor; Raxmonov Toir Zoirovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: “O'ZLITINEFTGAZ” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolardan kompozision asos moylari tarkibini ishlab chiqish va olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘simlik moyidan olingan qo‘ndirmani qo‘llab, raqobatbardosh API 2-guruhga mos keluvchi yangi asos kompozision moylari tarkibi yaratilgan;
yaratilgan kompozision asos moyining qovushqoqlik indeksining 96 dan 163 gacha ko‘tarilishi hamda qotish haroratining -17S dan -20 S ga oshishi aniqlangan;
muqobil erituvchilardan (atseton, metiletilketon, benzol, toluol ekstrakti) foydalanish rafinatlarni deparafinlash jarayonidagi moy chiqish unumini 2 - 4 % ga oshirishi isbotlangan;
qo‘ndirmalar to‘plamidan foydalangan holda M-14B2 motor moyi ishlab chiqarishning yangi resepti (100 C haroratda kinematik qovushqoqlikni13,5 - 14,5 mm2/s oralig‘ida taminlaydi) yaratilgan;
mahalliy xomashyolar asosida yangi kompozision asos moylarini ishlab chiqish resepturasi va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyolardan yangi kompozisiyali asos moylari olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolardan yangi kompozision asos moyi olish texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining «2020-2022 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftmahsulot» AJning 2019 yil 8 iyuldagi 20/24-682-son ma’lumotnomasi). Natijada, qotish harorati -20 S ga pasaytirilgan, qovushqoqlik indeksi 163 gacha oshirilgan yangi kompozision asos moylari ishlab chiqarish imkonini beradi;
yangi kompozision asos moyi olish texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining «2020-2022 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftmahsulot» AJning 2019 yil 8 iyuldagi 20/24-682-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi kompozision asos moylari resepturasi mineral moylarni umumiy hajmidan 10 % mahsulot sarfini tejash imkonini bergan.