Muxamedjanova Dilorom Ismaildjanovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gepatit V virusi ta’sirida surunkali jigar kasalliklari shakllanishining metabolik va proteomik jihatlari» 14.00.25 - Klinik-laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib979.
Ilmiy raxbar: Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 rakamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xaybullina Zarina Ruslanovna tibbiyot fanlari doktori; Kamilov Asomiddin Isxakovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali gepatit V bilan kasallangan bemorlarning metabolomik ko‘rsatkichlari va periferik qon zardobidagi proteomik jarayonini har tomonlama tahlil qilish orqali kasallikning oqibatini bashorat qilish, hamda tashxislash usullarini muqobillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali gepatit V bilan kasallangan bemorlar qonida oksidlovchi stress va yallig‘lanish jarayonlarining kuchayishi xamda antioksidant xususiyatiga ega bo‘lgan apolipoprotein A-IV ishlab chiqarilishining pasayishi orasidagi bog‘liqlik asoslangan;
mass-spektrometriya usuli yordamida aniqlangan zardob amiloidi A1 va uning N-terminal arginin-qisqartirilgan shakli surunkali faol gepatitning tashhisiy markerlari sifatida isbotlangan;
surunkali gepatit V bilan og‘rigan bemorlarda endogen intoksikatsiya sharoitida proteom o‘zgarishi qon plazmasida oraliq metabolizm birikmalarining to‘planishi bilan asoslangan;
jigar kasalliklari rivojlanish xavfi bor bemorlarning tekshiruv standartiga proteomik tekshirish usullarini kiritilishi kasallik asoratlarining rivojlanishidagi ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali virusli gepatit V tashxislashda yangi usullardan foydalanish va bosqichma bosqich biokimyoviy tahlil asosida olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali gepatit kasalliklarida zamonaviy biokimyoviy tashxisot usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda surunkali gepatit kasalliklarida zamonaviy biokimyoviy tashxisot usullari» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 8n-r/465-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlardagi surunkali gepatitda patologik jarayonni klinik belgilari paydo bo‘lgunga qadar laborator tahlillarda aniqlangan tekshirish usullari hamda ularni bosqichma-bosqich biokimyoviy tekshirish natijalari kasallikni erta tashxislash yordamida asoratlarni kamaytirish imkonini bergan;
surunkali virusli gepatitlar bilan og‘rigan bemorlarda klinik-patogenetik va proteomik jihatlarining prognostik axamiyatini baholashni takomillashtirish olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, jumladan,Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali, Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 maydagi 08-04/4668-sonli xulosasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, erta tashhislashni, kasallik kechishini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni oldini olishni muqobillashtirishga, hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan.