Mirzaeva Nargiza Saburovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Engil bosh miya jarohatlaridan  keyingi davrda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlarning tavsifi va dinamikasi», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib646.
Ilmiy rahbar: Matmurodov Rustambek Jumanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Antanas Vaitkus tibbiyot fanlari doktori, professor (Litva Respublikasi); Sanoeva Matlyuba Jaxonkulovna tibbiyot fanlari  doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: engil bosh miya jarohatlari o‘tkazgan bemorlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlarni dinamikada solishtirma baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
engil bosh miya jarohati o‘tkazgan bemorlarda klinik-nevrologik buzilishlarning dinamikasi jarohatning klinik ko‘rinishlariga  bog‘liq holda isbotlangan;
engil bosh miya jarohati o‘tkazgan bemorlarda kognitiv va shaxsiy- emotsional buzilishlarni dinamikada kasallik davrlariga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
engil bosh miya jarohati o‘tkazgan bemorlarda klinik-nevrologik va  neyropsixologik buzilishlar bilan neyrofiziologik va neyrovizualogik tekshiruvlar natijalari o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
engil bosh miya jarohati o‘tkazgan bemorlarda bemorlarning hayot sifatiga ta’sir qiluvchi omillar tizimli ravishda asoslangan;
engil bosh miya jarohati o‘tkazgan bemorlarni  dinamikada kuzatib borish tizimini takomillashtirish mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Engil bosh miya jarohati o‘tkazgan bemorlarda klinik-nevrologik, neyropsixologik,  neyrofiziologik, neyrovizualogik tekshiruvlar dinamikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar aosida:
bosh miya jarohati o‘tkazgan bemorlarni dinamikasi va neyropsixologik buzilishlarni erta tashhislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan  “Bosh miya jarohati o‘tkazgan bemorlarni dinamikasi va neyropsixologik buzilishlarni erta tashxislash algoritmi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 iyuldagi 8n-r/230-son  ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bosh miya jarohati o‘tkazgan bemorlarni neyropsixologik buzilishlarni erta tashxislash imkonini bergan;
engil bosh miya jarohatidan keyingi nevrologik asoratlar dinamikasi va oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Engil bosh miya jarohatidan keyingi nevrologik asoratlar dinamikasi va oldini olish usuli” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 apreldagi  №8n-r/291-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bosh miya jarohatidan keyingi nevrologik asoratlar oldini olish imkonini bergan;
engil bosh miya jarohati o‘tkazgan bemorlarda klinik-nevrologik, neyropsixologik, neyrofiziologik va neyrovizualogik tekshiruvlarni korrelyasion tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Xorazm viloyati Urganch va Xonka tumanlarining tibbiyot birlashmalari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash Vazirligini 2020 yil 22 sentyabrdagi 8n-d/134-son xulosasi). Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish bosh miya jarohati o‘tkazgan bemorlarda keyingi davrida nevrologik differensial ravishda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar optimal sxemasini ishlab chiqish, bosh miya jarohati asoratlarni kamayishi va shifoxonada davolanish muddatlarini qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish