Ismanova Arofatxon Abdulxamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi pedagogik profilaktika tizimini takomillashtirish (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi misolida)», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped45.
Ilmiy rahbar: Quronov Muhammad Quronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdullajon Sirojidinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich, pedagogika fanlari doktori;
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi profilaktik ishlarining ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diniy ekstremizm va terrorizm mafkurasiga qarshi kurashning xalqaro tajribasi ijobiy yutuqlarini o‘rganish asosida pedagogik profilaktikaning takomillashtirilgan yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi profilaktik ishlarni takomillashtirishning ijtimoiy-pedagogik tizimi ishlab chiqilgan;
oila, ta’lim muassasasi va mahallaning diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ijtimoiy-pedagogik hamkorligining samarali profilaktik shakl, uslub va vositalarining imkoniyatlari ochib berilgan;
diniy ekstremizmga moyil oilalar bilan olib boriladigan pedagogik profilaktik ishlarni takomillashtirishning chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi pedagogik profilaktikani amalga oshirishda oila-maktab-ta’lim muassasasi hamkorligining samarali uslublari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi pedagogik profilaktika samaradorligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm mafkurasiga qarshi kurashning xalqaro tajribasini o‘rganish asosida pedagogik profilaktikaning ilmiy asoslarini takomillashtirishga doir takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 yanvardagi 3-son (2, 3, 4, 7, 10, 12, 13, 14, 38, 39, 40, 44-bandlari) hamda 8 yanvardagi 9-son (2, 5, 8, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 34, 47, 53-bandlari) bayonlari bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturlarini tayyorlash va ijrosini ta’minlashda, shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosarining 2016 yil 18 avgustdagi topshirig‘i bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Monitoring guruhi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 noyabrdagi 08/1-250-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu takliflar Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan davlat dasturlari va qarorlari amaliyotiga joriy etilgan;
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi profilaktikaning samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv-trening dasturlari, ilmiy-amaliy qo‘llanma va vositalari hamda takliflardan kasb-hunar kollejlari va akademik liseylarda «Ma’naviyat asoslari» va «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari» fanlarini o‘qitishda hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etishda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 martdagi 07/44-1-con va 2012 yil 21 fevraldagi 32-sonli bayonlarida belgilangan topshiriqqa asosan «Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari» maxsus kursi o‘qituvchilari malakasini oshirishda va mashg‘ulotlar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 13 oktyabrdagi XZ-02/21-429-son ma’lumotnomasi) Natijada o‘quchi-yoshlar o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi profilaktik ishlarning ijtimoiy-pedagogik tizimi takomillashtirilgan. Mazkur takliflarning yoshlar hayotiga joriy qilinishi mamlakatimizning barcha hududlarida yashovchi yoshlar orasida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi profilaktika samaradorligini oshirishda ijobiy natija bergan.