Muxitdinov Umid Davranovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida reaksion qobiliyati yuqori bo‘lgan tabiiy polimer va uning mahsulotlarini olishning innovatsion texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T560.
Ilmiy rahbar: Sayfutdinov Ramizitdin, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyoviy qayta ishlashga yaroqsiz paxta linti asosida reaksion faolligi yuqori tabiiy polimerlar olishning innovatsion texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
B tip II-nav paxta lintidan 2 % ishqor sarflab, 1,0 MPa kislorod bosimida, 130 °S xarorat va 180 daqiqada polimerlanish darajasi hamda oqliligi meyyorlarga mos sellyuloza olingan;
yuqori kuchlanishli elektr impul`slar ta’sirida, B tip II-nav paxta lintidan olingan sellyuloza strukturasida mavjud kristall uchastkalarni amorf uchastkalarga aylantirish bilan reaksiyaga moyilligi oshishi isbotlangan;
kuchsiz asos va kislota qoldiqlari sharoitida yuqori zaryadlangan elektr impul`slar ta’sirida olingan reaksion faolligi oshirilgan paxta sellyulozasi atsillash reaksiyalarida yuqori samara berishi asoslangan;
faolligi oshirilgan paxta linti asosida bukilishlar soni 2880 - 3450, uzilishdagi uzunligi 25,6 - 31,1 % bo‘lgan shaffof atsetat sellyuloza plyonkalarining mexanik mustahkamligi isbotlangan;
kimyoviy qayta ishlashga yaroqsiz paxta linti asosida reaksion faolligi yuqori tabiiy polimerlar olishning innovatsion texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Paxta lintining B tip II-nav xomashyosidan yuqori sifatli sellyuloza va atsetatsellyuloza ishlab chiqarish va qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
reaksion qobiliyati yuqori bo‘lgan sellyuloza hamda atsetatsellyuloza olish texnologiyasi «Farg’ona Kimyo Zavodi» MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O’zkimyosanoat» AJning 2020 yil 27 noyabrdagi 23-3-4629-son ma’lumotnomasi). Natijada, B tip II-nav paxta lintini 100% qayta ishlash hamda chet-eldan keltirilayotgan yog‘och sellyulozasining o‘rnini bosuvchi sellyuloza va atsetatsellyuloza ishlab chiqarish imkonini bergan;
sifat ko‘rsatkichlari yaxshilangan atsetatsellyuloza plyonkalari ishlab chiqarish texnologiyasi «Farg’ona Kimyo Zavodi» MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O’zkimyosanoat» AJning 2020 yil 27 noyabrdagi 23-3-4629-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustahkamligi 16,5 Rkm, cho‘zilishdagi uzilishi 31,1%, ikki tamonlama bukilishlar soni 2880 dan 3450 gacha oshirilgan atsetatsellyuloza plyonkalari ishlab chiqarish imkonini bergan.