Ergashev Nasimbek Axmadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ho‘l usulda chang ushlovchi va gaz tozalovchi apparatni ishlab chiqarish sharoitida qo‘llashning ilmiy-texnik asoslari», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish  jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T403.
Ilmiy rahbar: Alimatov Baxodir Abdumannonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Alisher Shonazarovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xudoyberdiev Absalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ho‘l usulda chang ushlovchi va gaz tozalovchi apparatni ish parametrlarini asoslash va uni ishlab chiqarish sharoitida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ho‘l usulda chang ushlovchi va gaz tozalovchi apparatning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;
apparatda ishchi suyuqlikni sepuvchi shtuser teshigining qarshilik koeffisienti aniqlangan;
apparatning qarshilik koeffisienti kontakt element parraklari umumiy yuzasining oqim o‘tuvchi yuzaga nisbati bo‘yicha aniqlangan va to‘g‘rilash koeffisientlari kiritilgan;
apparatga berilayotgan changli gaz tezligi va suyuqlik sarfiga bog‘liq holda gidravlik qarshiliklar aniqlangan;
apparat gidravlik qarshiligining tozalash samaradorligi va energiya iste’moliga ta’siri isbotlangan;
olingan tajriba natijalariga matematik rejalashtirish usulini qo‘llab apparatning maqbul parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ho‘l usulda chang ushlovchi va gaz tozalovchi apparatda kam energiya sarflagan holda yuqori tozalash samaradorligini ta’minlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
changli gazlarni tozalash usuli va apparati «Quvasoykvars» AJning “Xomashyo tayyorlash” sexida kvars qumi va dolomit changini tozalashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 30 oktyabrdagi 02-02/8-1588-son ma’lumotnomasi). Natijada, kvars qumi changini 99,72 % va dolomit changini 99,46 % tozalash imkonini bergan;
energiyatejamkor chang ushlash apparati «Quvasoykvars» AJning “Xomashyo tayyorlash” sexida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 30 oktyabrdagi 02-02/8-1588-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud apparatga nisbatan tozalash samaradorligi kvars qumi uchun 4,46 % hamda dolomit changi uchun 5,43 % ortganligi va suvni 2,5 barobarga kam sarflash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish