Yangibaev Azim Eshmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Immobillangan oksiazo birikmalar yordamida qo‘rg‘oshin, simob va kadmiy ionlarini sorbsion-spektroskopik aniqlash usullarini ishlab chiqish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/K7.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Tillaev Sanjar Usmonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immobillangan oksiazoreagentlar yordamida qo‘rg‘oshin, simob va kadmiy ionlarini sorbsion-spektroskopik aniqlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
funksional va analitik-faol guruhlar tuzilishiga bog‘liq holda organik reagentlarni immobillashning analitik tavsiflari aniqlangan;
immobillangan reagentlarni qo‘rg‘oshin, kadmiy va simob ionlari bilan kimyoviy analitik xossalariga asoslangan ta’sirlashish mexanizmi, funksional-faol guruhlarning joylashishiga va ion va koordinatsion bog‘larning xarakteriga bog‘liqligi isbotlangan;
qo‘rg‘oshin, kadmiy va simobning ionlarga halaqit beradigan birga uchraydigan kationlar va anionlarni ta’siri topilgan;
qo‘rg‘oshin, kadmiy va simob ionlarini immobillangan organik reagentlar yordamida sorbsion-spektrofotometrik aniqlash yangi usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Atrof muhit ob’ektlarida qo‘rg‘oshin, kadmiy va simob ionlarini aniqlash va ajratib olishning yangi sorbsion-fotometrik usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
immobillangan organik reagentlar yordamida qo‘rg‘oshin, kadmiy va simob ionlarini aniqlashning sorbsion-fotometrik usuli Olmaliq KMK amaliyotiga joriy qilingan (Olmaliq KMKning 2021 yil 27 yanvardagi 73/1-478-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq va chiqindi suvlarda qo‘rg‘oshin, kadmiy va simoblarni tezkor aniqlash imkonini bergan;
kadmiy va simob ionlarini aniqlashning sorbsion-fotometrik usuli «Dexqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi» MChJ amaliyotga joriy etilgan («Dexqonobod kaliyli ug‘itlar zavodi» MChJning 2017 yil 08 sentyabrdagi 778/09-3-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindilari tarkibidagi kadmiy va simob ionlarini aniqlashning usullarini ishlab chiqish imkonini bergan.