Toirova Guli Ibragimovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tili milliy korpusini yaratishning nazariy va amaliy masalalari”,  10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Fil180.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Muhammedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Hakimov Muhammadxon Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universitetini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili milliy korpusi lingvistik bazasini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy korpus razmetkasining SGML/XML tiliga asoslangan mavjud standartlari modellashtirish yo‘llarini tartibga soluvchi oddiy matn, sarlavha, she’riy parchaga oid qoliplar nazariy xulosa asosida dalillangan; 
o‘zbek tili milliy korpusining lingvistik bazasini to‘ldiruvchi matnlarni tayyorlash jarayonida matnni oldindan qayta ishlash, uni belgilash, korpusga kirishni ta’minlash, ularni tez ravishda ko‘p parametrli qidirish va statistik ishlov berish kabi bosqichlar orqali korpus-menejer tizimi hamda korpus interfeysini shakllantirish nazariy jihatdan asoslangan; 
o‘zbek tilidagi so‘zshakllarni va leksik birliklarni grammatik tavsiflash asosida o‘zbek tili milliy korpusini yaratish texnologiyasi hamda milliy korpusda ma’lumotlarni taqdim etish tamoyillari nazariy jihatdan asoslangan;
milliy korpusining yaratilishi munosabati bilan ta’lim-tarbiya jarayonining yuqori samarali virtual muhitini yaratish, kompyuter texnologiyalari vositasida axborotni qayta ishlash tahlillari asosida universal imkoniyatlarga ega kichik hajmli online loyiha yaratilgan;
o‘zbek tili milliy korpusining lingvistik bazasini to‘ldiruvchi matnlarni razmetkalash formati, leksik ma’lumotni kodlash talablari, so‘z birikmasi, qo‘shma so‘z yasalishida lingvistik modellardan foydalanish  imkoniyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili milliy korpusining nazariy va amaliy jihatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi maqomini oshirish, uni jahon muloqot tili darajasiga ko‘tarish, milliy elektron ta’lim tarmog‘i yaratilishi munosabati bilan ta’lim-tarbiya jarayonining yuqori samarali virtual muhitini yaratish asosida masofali elektron ta’limni joriy etish kabi xulosalardan A5-037-raqamli «AKT sohasidagi kasb-hunar kollejlari uchun masofaviy ta’lim elektron tizimini ishlab chiqish» nomli fundamental loyihada (2015-2017) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-763-son ma’lumotnomasi). Natijada sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish hamda axborot-resurslarni joriy etish uchun zarur dasturiy hamda metodik ta’minotni yaratish bo‘yicha xulosalar chiqarishga erishilgan;
ma’lumotni kodlash, korpus lingvistik bazasini to‘ldiruvchi matnlarni tayyorlash jarayoni bosqichlari, korpus razmetkasining mavjud standartlari va texnologiyalarini, modellashtirish yo‘llarini tartibga soluvchi nazariy xulosalardan OT-F1-002 raqamli «Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari» nomli fundamental loyihada (2017-2020 yy.) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-763-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy-madaniy merosdan foydalanish imkonini oshirish maqsadida muayyan tilda yaratilgan og‘zaki, yozma yodgorliklar, ma’naviy meros namunalarini elektronlashtirish xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
milliy korpus razmetkasining mavjud standartlari va texnologiyalarini,  modellashtirish yo‘llarini tartibga soluvchi nazariy xulosalar, o‘zbek milliy korpusi lingvistik bazasini to‘ldiruvchi matnlarni tayyorlash jarayoni bosqichlarining amaliy qiymatini ko‘rsatib berish kabi xulosalardan F1-FA-0-13229-raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental loyihada (2012-2016 yy.) foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 21 yanvardagi 292/1-son ma’lumotnomasi).  Natijada loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan; 
o‘zbek tili milliy korpusini yaratish texnologiyasining nazariy va amaliy jihatdan asoslangan «O‘zbek tili milliy korpusini yaratishning nazariy va amaliy masalalari» deb nomlangan monografiyasidan 5A120102 –Lingvistika (o‘zbek tilshunosligi) mutaxassisligi uchun «Korpus lingvistikasiga kirish» fani bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-763-son ma’lumotnomasi). Natijada korpus uchun matnlarni tayyorlash jarayonini tavsiflash, teglashning mavjud standartlari va texnologiyalarini modellashtirish yo‘llarini asoslashga xizmat qilgan;
korpus lingvistikasi va unga turdosh sohalar atamalari asosida oliy ta’lim tizimi 5A120102 – Lingvistika (o‘zbek tilshunosligi) mutaxassisligi va soha mutaxassislariga mo‘ljallangan «Korpus lingvistikasining atamalar lug‘ati» (ISBN 978-620-0-61316-5) nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-763-son ma’lumotnomasi). Natijada yig‘ilgan materiallar asosida o‘zbek tili milliy korpusini yaratishda va «Korpus lingvistikasi» kursini o‘qitishda mavjud  257 ta so‘zni qamrab oluvchi hamda o‘zbek leksikografiyasi fondini to‘ldirishga xizmat qiladigan lug‘at yaratilgan;
o‘zbek tilidagi matnlar bankini yaratish mezonlari va leksik birliklarni grammatik tavsiflash  kabi xulosalardan 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan «O`zbek tili»  nomli darsligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-763-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili milliy korpusi yaratishning nazariy asoslari ishlab chiqilgan;
o‘zbek tilida yaratilgan og‘zaki, yozma yodgorliklar, ma’naviy meros namunalarini elektronlashtirish, kompyuter texnologiyalari vositasida axborotni qayta ishlash, mashina tarjimasi, elektron lug‘atshunoslikni rivojlantirish, tezauruslar tuzish, internet tizimida til korpusini yaratish kabi ilmiy qarashlardan «Buxoro» teleradiokanalining «Menga so‘z bering», «Adabiy muhit», «Dolzarb mavzu» dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 11 dekabrdagi 1-450-son ma’lumotnomasi). Natijada tilda yaratilgan og‘zaki, yozma yodgorliklar, ma’naviy meros namunalarini elektronlashtirish, milliy til korpusini yaratish, o‘zbek tilini internet «tushunadigan» tilga aylantirish haqidagi ma’lumotlar radiokanal ijodiy jamoasining mavzu doirasida chuqurroq mulohaza yuritishi uchun zamin yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish