Obidov Asliddin Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Konfessiyalararo hamjihatlikni ta’minlash fuqarolik jamiyatini rivojlantirish omili», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fal100.
Ilmiy rahbar: Saifnazarov Ismoil, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich, falsafa fanlar doktori, professor; Kushaev Umidjon Raximovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi konfessiyalararo xamjihatlik fuqarolik jamiyatini rivojlantirish omili ekanligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dinning dizintegratsion funksiyasi diniy ixtiloflar, toqatsizliklar, diniy taqiblar, diniy konfliktlar kabi ijtimoiy oqibatlarda namoyon bo‘lishi hamda ularni bartaraf etish, konfessiyalararo hamjihatlikni ta’minlash fuqarolik jamiyatini qurish, inson huquqlari va erkinliklarini amalda ta’minlashning muhim sharti ekanligi falsafiy jihatdan ochib berilgan; 
missionerlik, ayrim diniy e’tiqodlar ustun qo‘yishga urinishning diniy konfessiyalararo hamjihatlikni ta’minlashda vujudga keladigan salbiy ta’sirlar, diniy e’tiqodda namoyon bo‘ladigan transformatsiya holati va etnik, irqiy, siyosiy oqibatlari ochib berilgan; 
konfessiyalararo hamjihatlikni ta’minlashda konfessiyalarning diniy e’tiqod va dunyoviylikning uyg‘unligiga erishish, milliy va dunyoviy dinlararo hamjihatlik ko‘rinishlarining tarixiy shakllanish bosqichlari, uni tushunishda ziddiyatli holatlar va uni bartaraf etishning jamiyat ma’naviy hayotidagi sotsial-psixologik va ob’ekiv shart-sharoitlari hamda insonning dunyoqarashi, yoshi, qiziqishlari, hayotning ma’nosi haqidagi tasavvurlari bilan bog‘liq omillari falsafiy jihatdan asoslangan;
O‘zbekistonda dinning ma’rifiy jihatlari orqali diniy bag‘rikenglik an’analarini barqaror davom ettirishga differensial yondashuv, asriy an’analarga ega bo‘lgan bag‘rikenglik muhitini rivojlantirish, yuksak ilmu-ma’rifat an’analari bugungi kunda konfessiyalararo sog‘lom muloqotni barqarorlashtirish, diniylik va dunyoviylik muvozanatini ta’minlashga xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda konfessiyalararo hamjihatlik o‘rnining tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
dinning dizintegratsion funksiyasi diniy ixtiloflar, toqatsizliklar, diniy taqiblar, diniy konfliktlar kabi ijtimoiy oqibatlarda namoyon bo‘lishi hamda ularni bartaraf etish, konfessiyalararo hamjihatlik ta’minlash fuqarolik jamiyatini qurish, inson huquqlari va erkinliklarini amalda ta’minlashning muhim sharti ekanligi oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston musulmonlar idorasi faoliyatini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Musulmonlar idorasining 2019 yil 8 avgustdagi 2168-son ma’lumotnomasi). Natijalardan O‘zbekiston musulmonlar idorasining ish faoliyatida foydalanilganligi juma hutbalaridagi ma’ruzalarni konfessiyalararo hamjihatlik, diniy bag‘rikenglik g‘oyalari bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
missionerlik, ayrim diniy e’tiqodlar ustun qo‘yishga urinishning diniy konfessiyalararo hamjihatlikni ta’minlashda vujudga keladigan salbiy ta’siri, diniy e’tiqodda namoyon bo‘ladigan transformatsiya holati va etnik, irqiy, siyosiy oqibatlariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi ish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2021 yil 10 maydagi 14-07-950-son ma’lumotnomasi). Natijalar qo‘mita faoliyatida millatlararo munosabatlarda hamjihatlikni mustahkamlanishi hamda fuqarolarda diniy bag‘rikenglik dunyoqarashini rivojlantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda dinning ma’rifiy jihatlari orqali diniy bag‘rikenglik an’analarini barqaror davom ettirishga differensial yondashuv, asriy an’analarga ega bo‘lgan bag‘rikenglik muhitini rivojlantirish, yuksak ilmu ma’rifat an’analari bugungi kunda konfessiyalararo sog‘lom muloqotni barqarorlashtirish, diniylik va dunyoviylik muvozanatini ta’minlashga xizmat qilishiga oid taklif va tavsiyalardan «Dinshunoslik» o‘quv qo‘llanmasi tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 89-03-5564-son ma’lumotnomasi). Natijalarni amaliyotga joriy etilishi «Dinshunoslik» o‘quv qo‘llanmasi fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda konfessiyalararo hamjihatlikni ta’minlash millatlararo hamjihatlik, diniy bag‘rikenglik g‘oyalari bilan boyitilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish