Abduazimova Zarina Amirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Globallashuv jarayonida ekologik axloqni shakllantirishga konseptual yondashuv», 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (etika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fal119.
Ilmiy rahbar: Nurmatova Mukaram Ahmedovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Berdimurodova Alima Karlibaevna, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv jarayonida «ekologik axloq» tushunchasini mohiyatini, ekologik axloq fenomeni shakllanishi rivojlanishini qonuniyatlari va mexanizmlarini falsafiy-ijtimoiy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik axloq tabiat bilan inson o‘rtasidagi muvozanatni shakllantiruvchi muhim omil ekanligi hamda tabiat komponentlariga salbiy ta’sir qiluvchi sanoatni rivojlanishi oqibatidagi texnogen hamda inson ta’siri natijasidagi antropogen omillarni bartaraf etishda vijdon, burch, adolat kabi axloqiy kategoriyalarning muhimligi falsafiy jihatdan asoslangan;
tabiat bilan inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashda ekologik tanglik, halokatlarning oldini olishga xizmat qiladigan jamiyatning har bir a’zosida axloqiy mas’uliyat, madaniyatni oshirish, inson o‘zi va tabiat oldidagi burchini anglay olish javobgarligini his etish zarurligi koevolyusiya va invoyromentalizm kabi falsafiy nazariyalar orqali ochib berilgan;
zamonaviy ekologik madaniyatga ega shaxsni tarbiyalashda tabiatdagi go‘zallik va ulug‘vorlikning namoyon bo‘lishi ekologik axloqni shakllantirishga ta’sir etuvchi, ekologik dunyoqarashni namoyon qiluvchi, tabiatga oqilona munosabatni aks ettiruvchi ekologik tarbiya, ekologik ta’lim, ijtimoiy muhit kabi omillar falsafiy jihatdan ochib berilgan;
globallashuv jarayonida ekologik axloqni shakllantirishda mas’uliyat tamoyilining insoniyatda axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, uning turli xalqlarda turli xil ko‘rinishlarda shakllanganligi, undagi umumiylik va alohidalik, milliy-madaniyat, milliy meros va qadriyatlar bilan bog‘liqligi falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv jarayonida ekologik axloqni shakllantirish, uning tamoyil va qonuniyatlarini falsafiy konseptual tarzda o‘rganish hamda joriy qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ekologik axloq tabiat bilan inson o‘rtasidagi muvozanatni shakllantiruvchi muhim omil ekanligi hamda tabiat komponentlariga salbiy ta’sir qiluvchi sanoatni rivojlanishi oqibatidagi texnogen hamda inson ta’siri natijasidagi antropogen omillarni bartaraf etishda vijdon, burch, adolat kabi axloqiy kategoriyalarning muhimligi borasidagi taklif va tavsiyalardan «EKOSAN» ekologiya va salomatlik xayriya jamoat fondining davlat granti loyihasini tayyorlashda foydalanilgan («EKOSAN» ekologiya va salomatlik hayriya jamoat fondining 2020 yil 27 fevraldagi 01/1-11-8846-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasini ekologik axloqiy munosabatlarni shakllantiruvchi ma’naviy mezonlar bilan boyishiga xizmat qilgan;
tabiat bilan inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashda ekologik tanglik, halokatlarning oldini olishga xizmat qiladigan jamiyatning har bir a’zosida axloqiy mas’uliyat, madaniyatni oshirish, inson o‘zi va tabiat oldidagi burchini anglay olish javobgarligini his etish zarurligi koevolyusiya va invoyromentalizm kabi falsafiy nazariyalar borasidagi xulosalardan «Jamiyatni isloh etish va modernizatsiyalash jarayonida estetik tarbiyani rivojlantirishning milliy asoslari» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida tayyorlangan “Estetika” asosiy tushunchalar izohli lug‘ati nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi 89-03-4485-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning estetik dunyoqarashini boyitish va motivatsiyasini oshirishga yo‘naltirilgan didaktik, axloqiy-estetik, ijtimoiy-ma’naviy me’zonlar izohli lug‘at mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
zamonaviy ekologik madaniyatga ega shaxsni tarbiyalashda tabiatdagi go‘zallik va ulug‘vorlikning namoyon bo‘lishi ekologik axloqni shakllantirishga ta’sir etuvchi, ekologik dunyoqarashni namoyon qiluvchi, tabiatga oqilona munosabatni aks ettiruvchi asosiy ta’sir vositasi ekanliga va oiladagi ekologik tarbiya, ekologik ta’lim, ijtimoiy muhit, bilan bog‘liq omillari bo‘yicha xulosalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi «Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1059-son qarorining «Bolalarda atrof muhit ozodaligi, shaxsiy gigiena, tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan ekologik tarbiya mazmunidagi «Ona-tabiatni asraylik» ruknida tarbiyaviy roliklar yaratilgan» V bob 34-bandi ijrosini ta’minlashda dissertatsiya natijalaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 29 avgustdagi 02/07-735-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar ongiga «tabiat-shaxs-jamiyat» munosabatlarini boshqarishda ma’naviy-axloqiy mezonlarga amal qilishning ob’ektiv qonuniyatlari singdirilgan.
globallashuv jarayonida ekologik axloqni shakllantirishda mas’uliyat tamoyilining insoniyatda axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, uning turli xalqlarda turli xil ko‘rinishlarda shakllanganligi, undagi umumiylik va alohidalik, milliy-madaniyat milliy meros va qadriyatlar bilan bog‘liqligi bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Qishloq hayoti», «Yashil olam», «Hudud» kabi bir qator teledasturlar va teleradioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2020 yil 24 dekabrdagi 04-25-1333-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlar ongida tabiatga bo‘lgan axloqiy-madaniy munosabatni rivojlantirish hamda ekologik madaniy faoliyatni shakllantirishga xizmat qilgan.