Otajonov Ilxom Otaboevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlar uchun kam oqsilli parhezni tibbiy-biologik asoslash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib361.
Ilmiy maslahatchi: Shayxova Guli Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Tulkin Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmanov Islam Abbasovich, tibbiyot fanlari doktori; Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; 
Yetakchi tashkilot: Xoja Axmad Yassaviy nomidagi Halqaro Qozoq-Turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlar uchun kam oqsilli parhezni tibbiy-biologik asoslashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarning ijtimoiy muhiti, kasallikning asosiy nozologik shakllari va kasallanish holati, haqiqiy ovqatlanish va tana vazni indeksi ko‘rsatkichlari orqali ovqatlanish statusini baholash takomillashtirilgan;
soya uni bilan boyitilgan yangi «Boyitilgan» non mahsuloti uchun texnik shartlar va texnologik yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan, ularni organoleptik, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlari asoslangan;
adoptirlangan limfotsitlar yordamida surunkali buyrak kasalligi modellashtirilgan etuk oq kalamushlarda soya uni bilan boyitilgan non mahsulotlarining tibbiy-biologik xavfsizligi va samaradorligi isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlar uchun soya uni bilan boyitilgan non mahsuloti kiritilgan milliy taomlardan tuzilgan kam oqsilli yangi parhez ishlab chiqilgan;
surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda yangi ishlab chiqilgan «Boyitilgan» non va milliy taomlardan tuzilgan yangi kam oqsilli parhez taomnoma statsionar va ambulator sharoitda samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlar uchun kam oqsilli parhezni tibbiy-biologik asoslash bo‘yicha bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
soya uni bilan boyitilgan non mahsulotining oziqaviy va biologik qiymatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan TI 02140225-01:2017 me’yoriy-texnik hujjatlar tasdiqlangan. Natijada aholining turli qatlamlari ovqatlanishida foydalanish uchun ushbu mahsulotlarni sanoatda keng ommaviy tarmoqqa kiritish imkonini bergan;
surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarni davolash va oldini olish uchun soya uni bilan boyitilgan non mahsuloti kiritilgan kam oqsilli parhez ishlab chiqish va uning samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali buyrak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun kam oqsilli parhez» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 14 sentyabrdagi 8n-r/129-son ma’lumotnomasi). Natijada surunkali buyrak kasalligini oldini olish va davolash tizimini takomillashtirish maqsadida mahalliy oziq-ovqat mahsulotlaridan tayyorlangan yangi  parhez ishlab chiqish imkonini bergan;
surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlar uchun soya uni bilan boyitilgan non mahsulotlarini organoleptik, fizik-kimyoviy va oziqaviy qiymatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Soya uni bilan boyitilgan non mahsulotlarini ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/432-son ma’lumotnomasi). Natijada surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlar ovqat ratsionini qo‘shimcha nutrientlar bilan boyitish orqali nutrietiv ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan;
surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlar uchun kam oqsilli parhezni tibbiy-biologik asoslash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari sog‘liqni saqlash tizimi, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi va O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2021 yil 7 maydagi 8n-z/98-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi surunkali buyrak kasalligi  bilan xastalangan bemorlarda kasallikning bosqichlarini baholash, yangi ishlab chiqilgan asoratlarini davolash harajatlari va dori vositalarini qo‘llashni kamaytirish uchun ishlab chiqilgan soya uni bilan boyitilgan non mahsulotlari va milliy taomlar kiritilgan kam oqsilli parhezdan foydalanish natijasida bemorlarda kasallikning og‘ir asoratlarini oldini olish hamda davolanish muddatlarini qisqartirish bilan birgalikda hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish