Adizova Dilnavoz Rizoqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Keksa yoshli ayollarda surunkali yurak etishmovchiligi kechishining o‘ziga xos xususiyatlari» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib 1509.
Ilmiy rahbar: Tulaboeva Gavxar Mirokborovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01. 
Rasmiy opponentlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Avezov Davlat Kurbanbaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: keksa va qari yoshdagi ayol bemorlarda SYuEning klinik va gemodinamik xususiyatlarini o‘rganish hamda bemorlarga "o‘z-o‘zini boshqarish" va "o‘z-o‘ziga yordam berish" bo‘yicha o‘qitish usullarini qo‘llash yordamida davoni maqbullashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chap qorincha qon otish fraksiyasi saqlangan SYuE keksa va qari yoshli bemorlarga xos xususiyat bo‘lib, kasallik kechishida QD, kamqonlik va depressiya kabi klinik holatlarning salbiy ta`sir ko‘rsatuvchi omil ekanligi aniqlangan; 
surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan keksa va qari yoshli bemorlarga  endotelial` (eNOS) va indusibel` (iNOS) NO-sintaza darajalari dissotsiatsiyasi xosligi va bu ulardagi tizimli endotelial disfunksiya rivojlanishi asosi ekanligi isbotlangan;
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda Moriski-Grin shkalasi yordamida baholangan davoga moyillik ko‘rsatkichining turli yoshdagi bemorlar guruhida o‘ziga xosligi aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan keksa va qari yoshli ayollarda davoga moyillikni inobatga olgan holda turli differensirlangan tadbirlarni qo‘llash orqali bemor xayot sifati va funksional holati yaxshilanishi, xastalikning dekompensatsiyasi tufayli qayta kasalxonaga yotqizish ko‘rsatkichining kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Keksa va qari yoshli SYuE bilan xastalangan ayol bemorlarni o‘qitish usuli samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
SYuE bilan xastalangan keksa va qari yoshli ayollarda samarador davo usulini qo‘llash bo‘yicha olingin ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Surunkali yurak etishmovchiligili bemorlarni “o‘z-o‘zini davolash” va “o‘z-o‘zini boshqarish” usulida o‘qitish dasturi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-r/608-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma SYuE bilan xastalangan keksa va qari yoshli bemorlarda o‘ziga xos yondashuv orqali davoni maqbullashtirish imkonini bergan. keksa va qari yoshli bemorlarda o‘qitish usulini qo‘llash orqali davo samaradorligi aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga, jumladan Buxoro shaxar 4-son oilaviy poliklinikasi va Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 8 iyul` 08-03/7792- son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarni amaliyotga tadbiq etish o‘qitilgan bemorlar orasida SYuE FS og‘irlashuvini kamaytirish, oilaviy poliklinikaga rejalashtirilgan tashriflar sonini oshirish va oilaviy poliklinikaga rejadan tashqari tashriflar sonini kamaytirishga erishish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish