Shoymuradov Abrorning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo viloyati sharoitida qattiq bug‘doy etishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx294.
Ilmiy rahbar: Amanov Oybek Anvarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Ibroxim Nabievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, Bobomirzaev Pirnazar Xursanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genitik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublikaning janubiy mintaqalari bioiqlim sharoitlarida mahalliy qattiq bug‘doyning yangi navlarini etishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirish va sifatli don olishda azotli o‘g‘itlarni qo‘llash hamda sug‘orish tartibini boshqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda qattiq bug‘doyning “Krupinka”, “Zilol” va “Nasaf” navlarini ekish me’yorlari (4 mln.dona urug‘/ga), azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlari (N180P90K60 kg/ga) va sug‘orish tartiblari (ChDNS 70-75-65%) ishlab chiqilgan;
qattiq bug‘doyning “Zilol” va “Nasaf” navlarini 4 mln.dona, “Krupinka” navini 5 mln.dona me’yorida urug‘ ekilganda N180P90K60 kg/ga me’yorda oziqlantirish, aksincha, mahalliy navlarni 5 mln.dona, “Krupinka” navini 4 mln.dona urug‘ hisobida ekilganda N210P90K60 kg/ga me’yorida oziqlantirilganda urug‘larining dala unuvchanligi, qishga chidamliligi, tuplash darajasi, rivojlanish davrlari hamda hosil strukturasi yaxshilanib, ijobiy bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
qattiq bug‘doy navlari donining texnologik sifat ko‘rsatkichlarini azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish (N210P90K60 kg/ga) va sug‘orish tartibi (ChDNS 70-75-65%)ga bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
qattiq bug‘doy etishtirishda urug‘larni ekish me’yorlari, azotli o‘g‘itlarni turli me’yorlarda qo‘llash hamda sug‘orish tartiblarining iqtisodiy samaradorligi aniqlangan;
qattiq bug‘doyning yangi navlarini ekish me’yorlari, azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish va sug‘orish tartibini maqbullashtirish asosida yuqori hosildor, donning sifat ko‘rsatkichlari sanoat talablariga to‘la mos keladigan, iqtisodiy samarador etishtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyati sharoitida kuzgi qattiq bug‘doy etishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarida qattiq bug‘doyning yangi navlarini ekish me’yorlari, azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish va sug‘orish tartibini maqbullashtirish bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 28 sentyabrdagi 02/021-3107-son ma’lumotnomasi). Bunda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarida qattiq bug‘doy etishtirish texnologiyasini maqbullashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilgan va fermer xo‘jaliklarida foydalanilib kelinmoqda;
kuzgi qattiq bug‘doy (Krupinka, Nasaf va Zilol) navlari urug‘ sarfi gektariga 4 mln. dona ekilib, N180P90K60 me’yoridagi mineral o‘g‘itlar qo‘llanilgan hamda sug‘orish tartibi tuplashda (ChDNS ga nisbatan tuproq namligi 70%), naychalashda (75%) va boshoqlash fazalarida (65%) sug‘orish texnologiyasi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 28 sentyabrdagi 02/021-3107-son ma’lumotnomasi). Natijada don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdori sezilarli darajada oshgan. Hosildorlik an’anaviy texnologiyalarga nisbatan 1,2-10,1 s/ga oshgan va gektaridan 2788,0-4248,1 ming so‘mgacha sof daromad olinib, rentabellik darajasi o‘sishiga erishilgan;
qattiq bug‘doy navlarini ekish va azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish hamda sug‘orish me’yorlari tuproqning turli namliklarida amalga oshirish orqali kuzgi bug‘doy etishtirish (2020 yil) Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida (117 gektar) fermer xo‘jaliklarida hamda Qarshi agrouchastkasida (8 gektar), jami bo‘lib 125 gektar maydonda ishlab chiqarishga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 28 sentyabrdagi 02/021-3107-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida hosildorlik 8-10 s/ga oshib, rentabellik darajasi 45-70 foizni tashkil etgan.