Abdirova Muxabbat Turdalievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sanoat korxonalarida ohak chiqindilaridan kimyoviy usulda olingan bo‘r cho‘kindisini quritishning energotexnologik sxemasini ishlab chiqish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish  jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1014.
Ilmiy rahbar: Muxiddinov Djalaliddin Nasirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Djalaliddin Paxritdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Alimov Xasan Aripovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: favvora qatlamda kimyoviy usulda olingan bo‘rni quritish texnologiyasini takomillashtirish orqali issiqliq va massa almashish qurilmalarini quritish energetikasi va texnologiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jadallashtirilgan aylanuvchi favvorali qatlamda quritish jarayonining gidrodinamik qonuniyatlari aniqlangan;
kimyoviy usulda olingan bo‘rni kuritish va maydalash uchun energiya tejamkor ko‘p funksiyali quritish va maydalash qurilmasi ishlab chiqilgan;
favvorali aylanuvchi qatlam uchun apparat hajmining chekkasida gaz, bo‘r va inert kattiq zarrachalarning tezligi, qatlam balandligi bo‘yicha qattiq zarrachalar konsentratsiyasini ishchi kameraning geometrik o‘lchamlari va ishchi kameraning pastki qismidagi uyurmalovchining burchagiga bog‘liqligini xarakterlovchi parametrlar aniqlangan;
apparat ichki yuzasining chetida aylanuvchi favvorali qatlamda issiqlik va massa almashinuvchi quritish jarayoni va maydalanishni xarakterli parametrlarini tavsiflovchi matematik model ishlab chiqilgan;
yangi ishlab chiqilgan quritish qurilmalarida kechadigan gidrodinamik va issiqlik jarayonlarining ma’lum fizik qonuniyatlarini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarining sonli va eksperimental qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kimyoviy usulda olingan bo‘r cho‘kindisini quritish jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
unumdorligi 500 kg/soatga teng loyihalangan va ishlab chiqilgan sanoat quritish qurilmasi «Xasan-Xusan Tekst» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2021 yil 8 iyundagi 05/15-1495-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik tizimdan alohida maydalagichni chiqarib tashlash hisobiga qurilmaning energetik samaradorligi va tayyor maxsulotning sifatini oshirish hamda donadorlik tarkibi tekislanishiga imkon bergan;
yakuniy mahsulotni silliqlash bilan bir vaqtda samaradorligi 500 kg/soat bo‘lgan kimyoviy usulda bo‘r cho‘kindisini quritish moslamasining ishlab chiqilgan texnik dizayni «Xasan-Xusan Tekst» MChJda amaliyotga joriy qilingan ((«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi 2021 yil 8 iyundagi 05/15-1495-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayyor mahsulotning sifatini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish