Ochilov Olmos Ikrom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda investisiyalar hisobi va tahlilini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt526.
Ilmiy rahbar: Isroilov Bohodir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda investisiyalar hisobi va tahlilini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investisiyalarga oid axborotlar shaffofligini oshirishda moliyaviy hisobot tarkibiga «investisiyalar to‘g‘risida yig‘ma axborotlar», «moliyaviy investisiyalar to‘g‘risida axborot», «kapital investisiyalar to‘g‘risida axborot», «inson kapitaliga qilingan investisiyalar to‘g‘risida axborot», «investisiyalarga oid pul oqimlari to‘g‘risida axborot» nomli maxsus shakllarni ilova sifatida kiritish taklif etilgan;
hisob-siyosatiga «inson kapitaliga uzoq muddatli investisiyalarni hisobga oluvchi schyotlar», «inson kapitaliga qisqa muddatli investisiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» va «inson kapitaliga qilingan joriy xarajatlar» nomli sintetik schyotlarni kiritish orqali inson kapitaliga qilingan investisiyalarni hisobga olish taklif etilgan;
investisiyalar sifatini baholashda daromadlilikka qo‘shimcha likvidlilik va risk darajasi bo‘yicha mezonlarni kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
inson kapitaliga qilingan investisiyalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tarkibiga «kasb-hunarga o‘qitilgan», «davolangan», «yashash sharoitini yaxshilash bilan bog‘liq xarajatlar qilingan» xodimlar soni hamda «inson kapitaliga qilingan majburiy xarajatlar» ko‘rsatkichlarini kiritish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda investisiyalar hisobi va tahlilini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
investisiyalarga oid axborotlar shaffofligini oshirishda moliyaviy hisobot tarkibiga «investisiyalar to‘g‘risida yig‘ma axborotlar», «moliyaviy investisiyalar to‘g‘risida axborot», «kapital investisiyalar to‘g‘risida axborot», «inson kapitaliga qilingan investisiyalar to‘g‘risida axborot», «investisiyalarga oid pul oqimlari to‘g‘risida axborot» nomli maxsus shakllarni ilova sifatida kiritish to‘g‘risidagi taklifi «Turon-Xojeli» AJning 2020 yil 28 dekabrdagi umumiy yig‘ilishida (37-son bayonnoma) muhokama qilingan va unga asosan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti 1-son BHMS «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ning 15-bandi talablaridan kelib chiqib korxonaning 38-son buyrug‘i bilan moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda investisiyalar to‘g‘risidagi axborotlarni ochib beruvchi maxsus shakllar tasdiqlangan («Turon Xojeli» AJning 2020 yil 28 dekabrdagi 286-A-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida moliyaviy hisobotlardagi investisiyalarga oid axborotlarning ishonchliligi, tushunarliligi va ommabopligi ta’minlangan;
hisob-siyosatiga «Inson kapitaliga uzoq muddatli investisiyalarni hisobga oluvchi schyotlar», «Inson kapitaliga qisqa muddatli investisiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» va «Inson kapitaliga qilingan joriy xarajatlar» nomli sintetik schyotlarni kiritish orqali inson kapitaliga qilingan investisiyalarni hisobga olish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tizimidagi korxonalar, «Turon Xojeli» AJ, «G‘ijduvon paxta tozalash» AJ va «Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy» AJlari hisob siyosatiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining 2021 yil 24 iyundagi 02-10/2239-son, «Turon Xojeli» AJning 2020 yil 28 dekabrdagi 286-A son, «G‘ijduvon paxta tozalash» AJning 2021 yil 21 maydagi 91/03-son va «Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy» AJning 2021 yil 21 maydagi 10/542-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi inson kapitaliga qilinayotgan investisiyalarni ularning mazmuni, shakllanish muddatlari hamda tarkibiy tuzilishi bo‘yicha hisobga olish va moliyaviy hisobotda aks ettirish orqali samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilgan. Shuningdek, xodimlar kesimida inson kapitaliga qilingan investisiyalar bo‘yicha axborotlar bazasining yaratilishi orqali ushbu investisiyalar samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ichki nazoratning kuchayishi natijasida «Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy» AJda malaka oshirish va qayta tayyorlanishiga investisiya qilingan xodimlarning mehnat unumdorligini 8 foizga o‘sishi ta’minlangan;
investisiyalar sifatini baholashda daromadlilikka qo‘shimcha likvidlilik va risk darajasi bo‘yicha mezonlarni kiritish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, «Turon Xojeli» AJ, «G‘ijduvon paxta tozalash» AJ va «Samarqand Parranda» AJlar tomonidan aktivlar sifatini baholashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining 2021 yil 24 iyundagi 02-10/2239-son, «Turon Xojeli» AJning 2020 yil 28 dekabrdagi 286-A son, «G‘ijduvon paxta tozalash» AJning 2021 yil 21 maydagi 91/03-son va «Samarqand Parranda» AJning 2020 yil 12 iyundagi 78/1-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investisiyalar sifatini tahlil qilish va baholash imkoniyati yaratilgan. Investisiyalar sifati tahlili va uni baholash tizimining joriy qilinishi sababli investisiya siyosatining takomillashuvi natijasida «G‘ijduvon paxta tozalash» AJning 1,4 mlrd. so‘mlik uzoq muddatli investisiyalarini daromadliligi bo‘yicha «qoniqarli» va likvidliligi bo‘yicha «yuqori likvidli» toifaga o‘tkazilishiga erishilgan;
inson kapitaliga qilingan investisiyalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tarkibiga «kasb-hunarga o‘qitilgan», «davolangan», «yashash sharoitini yaxshilash bilan bog‘liq xarajatlar qilingan» xodimlar soni hamda «inson kapitaliga qilingan majburiy xarajatlar» ko‘rsatkichlarini kiritish taklifi «Turon Xojeli» AJning «Moliya-xo‘jalik faoliyati tahlili va faoliyat samaradorligini baholash mezonlari»ga kiritilgan («Turon Xojeli» AJning 2020 yil 28 dekabrdagi 286-A-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida inson kapitaliga qilingan investisiyalar tahlilida qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi takomillashtirilgan. Shuningdek, inson kapitaliga qilingan investisiyalarni boshqarish jarayonida zarur bo‘ladigan ishonchli, tahliliy va tezkor axborotlar bazasini ularning turlari bo‘yicha shakllantirish imkonini bergan. Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llanishi natijasida «Turon Xojeli» AJda 2018-2019 yillarda inson kapitaliga yo‘naltirilgan investisiyalar hisobiga xodimlar mehnat unumdorligi 2020 yilda 14 foizga o‘sgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish