Shodiev Erkin Temirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Aloqa va telekommunikatsiya kompaniyalarida boshqaruv hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt531.
Ilmiy rahbar: Maxsudov Begmatjon Yuldashalievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Dsc.03/10.12.2019.1.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xotamov Komiljon Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murod Shukurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Aloqa va telekommunikatsiya kompaniyalarida boshqaruv hisobini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
telekommunikatsiya kompaniyalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxini Activity based costing (ABC) usulida megabayt va minut ko‘rsatkichlarini yagona sekund kal`kulyasiya birligida hisoblash maqsadga muvofiqligi asoslangan;
telekommunikatsiya xizmatlaridan olinadigan daromadlarni faoliyat turlari (internet, telefoniya, Bigdata, IPTV va h.k.) bo‘yicha alohida tan olishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
abonentlarni tarmoqqa ulash xizmati uchun dilerlarga to‘lanadigan komission to‘lovlarni “Mijozlar bilan shartnoma tuzishdagi qo‘shimcha xarajatlar” sifatida tan olishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
telekommunikatsiya kompaniyalarida innovatsion loyihalar boshqaruv hisobini 1S dasturida identifikatsion artikul` kodlari bo‘yicha yuritish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aloqa va telekommunikatsiya kompaniyalarida boshqaruv hisobini takomillashtirish bshhyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
telekommunikatsiya xizmatlari turlari bo‘yicha tannarxni Activity based costing (ABC) usulida kal`kulyasiya qilishda megabayt, soat, minut, dona kabi kalkulyasiya birliklarini sekund birligida hisoblash metodikasiga oid taklif “O‘zbektelekom” AKning “Byudjetlashtirish to‘g‘risidagi Nizom”ini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbektelekom” Aksiyadorlik Kompaniyasining 2021 yil 19 yanvardagi 27-03-17/298–son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida aloqa va telekommunikatsiya xizmatlari tannarxiga ustama xarajatlarni taqsimlash tizimi joriy etilgan hamda xizmatlar turlari bo‘yicha rentabelligi amaldagi hisoblanganidan aniq natijani bergan;
telekommunikatsiya xizmatlaridan daromadlarni telekommunikatsiya xizmatlar ko‘rsatilishi bilan bog‘liq mobil` va modem qurilmalar realizatsiyasidan alohida tan olish taklifi “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik Kompaniyasining “Hisob siyosati”ga o‘zgartirishlar kiritishga oid uslubiy tavsiyalarni chiqishda foydalanilgan (“O‘zbektelekom” Aksiyadorlik Kompaniyasining 2021 yil 19 yanvardagi 27-03-17/298–son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida telekommunikatsiya xizmatlari turlari bo‘yicha daromadlar boshqaruv hisobini yuritishda aniqlik ta’minlangan;
2210 - “Mijozlar bilan shartnoma tuzishdagi qo‘shimcha xarajatlar” ishchi schyotini amaliyotga kiritish bo‘yicha taklif amaliyotda foydalanish uchun “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik Kompaniyasida qabul qilingan (“O‘zbektelekom” Aksiyadorlik Kompaniyasining 2021 yil 19 yanvardagi  27-03-17/298–son ma’lumotnomasi). Ushbu schyotdan amalda foydalanish natijasida telekommunikatsiya kompaniyasida abonentni tarmoqqa ulash xizmati uchun dilerlarga to‘lanadigan komission to‘lovlarni mijozlar bilan shartnoma tuzishdagi qo‘shimcha xarajatlar sifatida hisobga olishda aniqlik va shaffoflik ta’minlangan;
loyihalarni amalga oshirish natijasida paydo bo‘ladigan biznes jarayonlar bilan bog‘liq xarajatlarni 1S dasturida alohida artikul` (ID) kodi bo‘yicha avtomatlashtirilgan ichki boshqaruv hisobini yuritish taklifi amaliyotda foydalanish uchun “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik Kompaniyasida qabul qilingan (“O‘zbektelekom” Aksiyadorlik Kompaniyasining 2021 yil 19 yanvardagi 27-03-17/298–son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida telekommunikatsiya kompaniyasining loyihalari bo‘yicha daromad va xarajatlar tahlilini o‘tkazish, o‘z navbatida, mos boshqaruv qarorini qabul qilish uchun loyihalar kesimida aniq ma’lumotlarni tezkor olish imkoni ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish