Karimova Aziza Maxomadrizoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Turistik korxonalarning rivojlanishini kredit orqali qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt960.
Ilmiy rahbar: Xusanov Baxodir Sheralievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Dsc.03/10.12.2019.1.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Sharbat Zulpikarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda turistik korxonalarini kreditlar orqali qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining kredit siyosatiga «turistik korxonalarni kreditlash» bobini kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
turistik korxonalar (TK) faoliyat yuritish muddatlari (0y<TK>3y, 3y<TK>5y, 5y<TK) bo‘yicha va kredit tarixidan kelib chiqib kreditlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ob’ektiv iqtisodiy harakatsizlik sharoitida turistik korxonalarga 12 oygacha bo‘lgan muddatda foizsiz kredit berishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
turistik korxonalarga berilgan kreditlarning foizlarini Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalash taklif etilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
turistik korxonalarning xususiyatlarini va ular faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda, tijorat banklarining kredit siyosatini takomillashtirish va unga aynan turistik korxonalarni kreditlar orqali qo‘llab-quvvatlash (kreditlash)ga doir bo‘lim qo‘shish haqidagi taklifi AT «Agrobank»ning 2020 yilga mo‘ljallangan «Kredit siyosatini va uning asosiy yo‘nalishlari»da qabul qilingan va kiritilgan (AT«Agrobank»ning 2021 yil 2 martdagi 17-40/91-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirish natijasida AT«Agrobank» kredit portfelida turistik korxonalarga ajratilgan kreditlar ulushi 10-15 foizga oshgan;
turistik korxonalarning faoliyatini ularga kreditlarni berish muddati bo‘yicha, kreditlash bosqichlari hamda turistik korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar, mikroqarzlar, grantlar, subsidiyalar berish, qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish, tabaqalashtirilgan kreditlash, kredit tarixi asosida hamda kredit skoringi bo‘yicha kreditlash taklifi AT «Agrobank»ning 2020 yilga mo‘ljallangan «Kredit siyosatini va uning asosiy yo‘nalishlari»da qabul qilingan va kiritilgan (AT «Agrobank»ning 2021 yil 2 martdagi 17-40/91-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirish natijasida «Agrobank» ATB tomonidan turistik korxonalarga berilgan kreditlarning ulushi 2018 yildagi 5 foizdan 2020 yilda 30 foizgacha oshgan;
koronavirus pandemiyasi sharoitida turistik korxonalarni kreditlar orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga 12 oyga foizsiz kredit berish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 maydagi PF-6002-son «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonini ishlab chiqishda qo‘llanilgan va o‘z aksini topgan (AT«Agrobank»ning 2021 yil 2 martdagi 17-40/91-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida 2020 yilda foizsiz kreditlarni berish O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi va bu koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirishga hamda turistik korxonalarning 20 foizida likvidlilikni yo‘qotish xavfini kamaytirishga xizmat qildi va ularning moliyaviy barqarorligi ta’minlangan;
joylashtirish vositalarini qurish uchun turizm sohasi sub’ektlariga ilgari berilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini turistik korxonalarga subsidiyalar ajratish yo‘li bilan qoplab berish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 maydagi PF-6002-sonli «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonini ishlab chiqishda qo‘llanilgan va o‘z aksini topgan (AT«Agrobank»ning 2021 yil 2 martdagi 17-40/91-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirish natijasida turizm sohasi sub’ektlariga avval berilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 10 foizlik punktdan ortiq bo‘lmagan qismi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplangan.