Shodmonov Shoxrux Adxamzodaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning dunyoqarashini ijtimoiy tarmoqlar vositasida rivojlantirish texnologiyasi (10-11sinflar misolida)”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped505
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Axrarova Zebunisa Baxramovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti,  DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich pedagogika fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning dunyoqarashini ijtimoiy tarmoqlar vositasida rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlashtirish hamda texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar dunyoqarashini rivojlantirishga qaratilgan onlayn va offlayn tadbirlar (suhbatlar, treninglar, vebinarlar va prezentatsiyalar) dasturlari mazmuni ularda bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan chellenjlar (ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan videorolikdagi muallifning biror bir harakatni qaytarish, takrorlashga chaqiruvi), xarassment (hurmatsizlik, jismoniy va ma’naviy xo‘rlash), bulling (maktabdagi sinf o‘quvchilaridan birining tajovuzkor(boshqa o‘quvchi yoki o‘quvchilar) tomonidan taqibi) va boshqa dolzarb holatlar maqolalar, short tekstlar (ing. short – qisqa, text - matn), keyslar, fototeka, videotekalar va boshqa uz domenida joylashgan axborot resurslar (saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi foydali guruh, kanallar)dan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun tavsiya etilayotgan, dunyoqarashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan axborotlardan xabardorlik darajasini ijtimoiy tarmoqlarning imkoniyatlari (oddiy va maxsus so‘rovnomalar o‘tkazish) yordamida aniqlanib, har bir sinf va guruh o‘quvchilarining dunyoqarashi va bilimidan kelib chiqish asosida alohida tuziladigan dunyoqarashni rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar dunyoqarashini ijtimoiy tarmoqlar (telegram, instagram, feysbuk) vositasida rivojlantirishga pedagogik (ijtimoiy muhit, oila, maktab, o‘qituvchilar, mahalla, sinfdoshlar)-psixologik (addiktivlik) omillarining ta’siri va samaradorligi tahliliy ma’lumotlar va o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari asosida aniqlashtirilgan;
maktab o‘quvchilarining ijtimoiy tarmoqlar va ularning imkoniyatlaridan to‘g‘ri va unumli foydalanish, undagi faoliyatni samarali yuritish imkoniyatini beruvchi fototeka va videoteka yaratilgan; 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning dunyoqarashini ijtimoiy tarmoqlar vositasida rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar dunyoqarashining rivojlanishi, unga ta’sir qiladigan pedagogik-psixologik omillar, dunyoqarashni rivojlantirishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-metodik taklif va tavsiyalarimiz O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirishda foydalanish uchun qabul qilingan (Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 04/5-05-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning dunyoqarashini rivojlanishiga xizmat qiladigan, ta’lim va tarbiyaga oid qonun hujjatlarining mazmuni boyishiga  xizmat qilgan;
maktab o‘quvchilarining ijtimoiy tarmoqlar va ularning imkoniyatlaridan to‘g‘ri va unumli foydalanishga qaratilgan www.network-edu.zn.uz nomli saytga joylashtirilgan materiallar va tavsiyalarimizdan "Yoshlarda fuqarolik burch va mas’uliyatini shakllantirish, ularning huquqiy ongini yuksaltirishda NNTlarning o‘rni" mavzusidagi loyiha doirasida yaratilgan "O‘qituvchilar uchun huquq fanidan o‘quv-qo‘llanma"ni mazmunini yoritishda foydalanilgan (Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2020 yil 7 dekabrdagi 18/8-485-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktablarda o‘quvchilar dunyoqarashini rivojlantirishning pedagogik va huquqiy omillari integratsiyasi vujudga kelgan, ta’lim samaradorligi oshgan;
o‘quvchilar dunyoqarashini ijtimoiy tarmoqlar vositasida rivojlantirish bilan bog‘liq amaliy ishlar, taklif etilgan axborot resurslaridan ITD-1 “Jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlanishi, ma’naviy qadriyatlar, milliy g‘oya, madaniy meros, o‘zbek xalqi va davlatchilik tarbiyasini tadqiq etish” dasturi doirasida chop etilgan “Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi 133-sonli buyrug‘iga asosan nashr etishga ruxsat berildi. Ro‘yxatga olish raqami №133-110.) Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari dunyoqarashini ma’naviy-axloqiy omillari rivojlantirilgan;
o‘quvchilar dunyoqarashini ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish orqali rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarimizdan P3-20170929789-son “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 21 dekabrdagi 89-03-5381-son ma’lumotnomasi). Natijada, dars, interfaol metodlar va ijtimoiy tarmoqlar o‘rtasida integratsiya vujudga kelgan, ta’lim samaradorligi oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish