Nasriddinov Dilshod A’zamqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jorj Martin fentezi asarlari poetikasi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1121.
Ilmiy rahbar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sadiqov Zohid Yakubovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jorj Martin fentezi asarlari poetikasini badiiy mezonlar asosida ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiyotshunosligida ilk bor Jorj Martinning fentezi turkum asarlarida ikkilamchi olam obrazi va badiiy detal` yaratish mahorati hamda ayollar xarakterining universallik xususiyatining ochib berilishi ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
Jorj Martin fentezi asarlarining badiiy-estetik xususiyati gumanizm, syujet qurilishi, qahramon ichki dunyosining yozuvchi tomonidan ochib berilishi, muallif g‘oyasining mantiqiyligi, asar tilining rang-barangligi kabi poetik mezonlari asosida dalillangan;
Jorj Martinning fentezi asarlarini yaratishdagi  badiiy mahorati va  uslubining sof estetik qonuniyatlar negizida adib romanlaridagi falsafiy fikr, poetik nutq, badiiy mushohada, ijodkor poetik mahorati kabi jahon adabiyotshunosligining ustuvor konsepsiyalariga muvofiqligi o‘zbek adabiyotshunosligida ilk bor adib asarlarining asliyatdan qilingan tarjimalari asosida dalillangan;
o‘zbek adabiyotshunosligida fentezi asarlarning tarixiy va arxaik so‘zlar kabi badiiy til xususiyatlari hamda ikkilamchi olamda yozuvchining mifologik, avantyur va tarixiy hamda Essos va Vesteros qit’alari kabi aspektlarida namoyon bo‘lgan zamon va makon masalasi ilmiy-nazariy jihatdan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jorj Martinning fentezi asarlari badiiy xususiyatlari tadqiqi natijasi asosida:
Jorj Martin asarlari poetikasi badiiylik mezonlari asosida tekshirilganligi, ya’ni muallifning asarlar syujeti qurilishi va obrazlar tizimini yaratishdagi mahorati, qahramon psixologik xususiyatlarini mohirona yoritib berishiga oid amaliy taklif va tavsiyalardan Andijon davlat universitetining OT-F1-18 «Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 15 yanvardagi 05-15/5304-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasidagi ma’lumotlar dissertatsiya asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar bilan boyitilgan;
muallif badiiy mahorati va uslubi masalalariga doir ilk bora dissertant tarjimasi va talqini asosida ochib berilgan ilmiy natijalar hamda materiallardan Guliston davlat universiteti va Arkansas Spring International Language Center bilan hamkorlikda bajarilgan “English language capacity building project” mavzusidagi grant loyihasining “To improve the GSU faculty’s techniques and strategies for teaching English” (Guliston davlat universiteti fakul`tetlarining ingliz tilini o‘qitishdagi texnik va strategiyalarini rivojlantirish) va “Relating language teaching to culture” (tilni madaniyatga bog‘lab o‘qitish) bandlarini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-761-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-tadqiqot ishining umumiy xulosalari va amaliy takliflari «Ingliz adabiyoti» va «Amerika adabiyoti» fanlariga doir materiallarni mazmunan boyitishda ikkilamchi manba bo‘lib xizmat qilgan;
fentezi asarlarining badiiylik mezonlari asosida tekshirilganligi, muallifning asarlar syujeti qurilishi va obrazlar tizimini yaratishdagi mahoratiga oid materiallar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlari dasturining 35-bandiga asosan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 6 yanvardagi 01-12-01-45-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturining takomili bo‘yicha tavsifiy ma’lumotlar kengaygan; 
o‘zbek adabiyotshunosligida ilk bor fentezi turkum asarlarining badiiy tahlili, Jorj Martinning fentezi turkum asarlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslanganligi haqidagi ilmiy xulosalar jahon adabiyoti durdona asarlarining ilmiy tadqiqi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 20 yanvardagi 01-03-07/52-son ma’lumotnomasi). Natijada, jahon adabiyoti durdona asarlarining ilmiy tadqiqi bilan bog‘liq masalalar echimi doirasi kengaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish