Raxmatova Dilnavoz Jurakobilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geosiyosiy raqobat sharoitida milliy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fal117.
Ilmiy rahbar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponetlar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Aliev Bekdavlat Begalievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi geosiyosiy raqobat sharoitida O‘zbekiston milliy xavfsizligini mustahkamlashning konseptual asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy xavfsizlik triadasi (shaxs, davlat va jamiyat xavfsizligi)ning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy kabi ichki va tashqi omillardan himoyalanganligi darajasi shaxs, davlat va jamiyatning tahdidbardoshligi, ularga qarshi turuvchi ijtimoiy mexanizmning mavjudligi bilan dialektik aloqadorligi falsafiy jihatdan asoslangan;
zamonaviy milliy xavfsizlik konsepsiyasining tartiblilik va tizimlilik, deterministik va dialektik taraqqiyot tendensiyalari asosida shaxs, davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlashning ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, davlat suverenitetini mustahkamlash va mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, aholi turmushi farovonligining oshirish, iqtisodiy va ma’naviy-mafkuraviy xavfdan himoya qiluvchi mexanizmni takomillashtirish omillari aniqlangan;
taraqqiyot strategiyalari va konsepsiyalari, me’yoriy-huquqiy hujjatlarning real hayotda o‘z ifodasini topishi, ta’lim va tarbiya uyg‘unligi, qonun ustuvorligi va demokratik qadriyatlarning amal qilishi shaxs, davlat, jamiyat hamda milliy xavfsizlikni mustahkamlashning konseptual asosi ekanligi real ijtimoiy voqelik asosida falsafiy jihatdan ochib berilgan;
O‘zbekistonda milliy-ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash va barqaror taraqqiyot asoslarini yaratishda liberal iqtisodiyotni rivojlantirish, tabiiy xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish, mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, ijtimoiy faollikni yuksaltirish, milliy qadriyatlarni asrash va tashqi siyosatda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, konstruktiv siyosat olib borish kabi konseptual yondashuvlar sotsiometrik kuzatuv vositasida falsafiy nuqtai nazardan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy xavfsizlik holati va uni ta’minlash jarayonini, zamonaviy milliy xavfsizlik konsepsiyalarini tadqiq qilish orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy xavfsizlik triadasi (shaxs, davlat va jamiyat xavfsizligi)ning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy kabi ichki va tashqi omillardan himoyalanganligi darajasi shaxs, davlat va jamiyatning tahdidbardoshligi, ularga qarshi turuvchi ijtimoiy mexanizmning mavjudligi bilan dialektik aloqadorligiga oid nazariy mulohazalar va amaliy tavsiyalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan PZ-20170915198 raqamli “Qoraqalpoq jamiyatida ijtimoiy tartiblarning transformatsiyasi: tarixi va amaliyoti” mavzuidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 iyuldagi 89-03-2551-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxs, davlat, jamiyat xavfsizligining mohiyati va omillarini aniqlashga xizmat qilgan;
zamonaviy milliy xavfsizlik konsepsiyasining tartiblilik va tizimlilik, deterministik va dialektik taraqqiyot tendensiyalari asosida shaxs, davlat va jamiyat xavfsiziligini ta’minlashning ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, davlat suverenitetini mustahkamlash va mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, aholi turmushi farovonligining oshirish, iqtisodiy va ma’naviy-mafkuraviy xavfdan himoya qiluvchi mexanizmni takomillashtirish omillari aniqlanganligiga doir nazariy mulohazalar va argumentlar Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar konsepsiyasi”, “Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati” faoliyati hamda “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” nodavlat ta’lim muassasasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini, “Hududlardagi ma’naviy-ma’rifiy muhit xaritasi”ni, “O‘zbekiston xalqaro maydondagi ijobiy imidjini mustahkamlashga qaratilgan konsepsiya” ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 7 iyuldagi 02/08-696-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiyalar O‘zbekistonda milliy xavfsizlikni mustahkamlashning konseptual asoslari ijtimoiy voqelik tahlili asosida ilmiy jihatdan xizmat qilgan;
taraqqiyot strategiyalari va konsepsiyalari, me’yoriy-huquqiy hujjatlarning real hayotda o‘z ifodasini topishi, ta’lim va tarbiya uyg‘unligi, qonun ustuvorligi va demokratik qadriyatlarning amal qilishi shaxs, davlat, jamiyat hamda milliy xavfsizlikni mustahkamlashning konseptual asosi ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining 2019 yil 5 noyabr` kunidagi IX S’ezdida tasdiqlangan Dasturning I bo‘limidagi “Partiyaning davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish sohasidagi vazifalari”da belgilangan “Davlatni boshqarish, jamiyatda shakllanayotgan qarashlarga ta’sir o‘tkazish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish, ijtimoiy muammolarni hal etishda ko‘maklashish, O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirishda, yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish” va “Jamiyatning intellektual salohiyati izchil va barqaror rivojlanishi, har bir fuqaro tomonidan o‘z qobiliyatlari va salohiyatini amalga oshirish uchun keng sharoitlarni yaratish” deb nomlangan bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi siyosiy kengash ijroiya qo‘mitasining 2020 yil 21 avgustdagi 01-27/370-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya faoliyatining ish samaradorligini yanadada oshirishga, Ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan. Bunda tadqiqot natijalari partiya faoliyatidagi dolzarb masalalarni samarali hal etishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda milliy-ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash va barqaror taraqqiyot asoslarini yaratishda liberal iqtisodiyotni rivojlantirish, tabiiy xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish, mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, ijtimoiy faollikni yuksaltirish, milliy qadriyatlarni asrash va tashqi siyosatda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, konstruktiv siyosat olib borish kabi aniqlangan konseptual yondashuvlardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Tafsilot”, “Assalom, Qashqadaryo”, “Sharh”, “Mening fikrim” kabi teleko‘rsatuvlarida hamda “Zamondosh”, “Moziy” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 21 iyuldagi 04-05/2225-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabin va radiotinglovchiga, ya’ni keng jamoatchilikka shaxs, davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlashning asoslari haqida ma’lumot berishga erishilgan va bu ilmiy jamoatchilikning munosabatini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lishga xizmat qilgan.