Kurganov Anvarjon Muxtorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida harbiy terminlar qo‘llanilishining lingvokul`turologik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil311.
Ilmiy rahbar: Yakubov Jamollitdin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; To‘xtasinov Ilxom Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi harbiy terminlarning struktur, semantik va stilistik jihatlarini hamda ularning lingvokul`turologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida harbiy terminlarning diaxron aspektda tarixiy-etimologik xususiyatlarining izomorf va allomorf jihatlarini aniqlash orqali terminlarning shakllanishida transterminologizatsiya hodisasining ustuvorligi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillari harbiy terminlarining so‘z turkumlariga mansubliligi jihatidan aniqlangan lingvostatistik mezonlarga ko‘ra ularning sinxron aspektda leksik-semantik, struktur-semantik va sintaktik xususiyatlari ochib berilgan hamda affiksal modellari aniqlangan;
harbiy sohaga oid matnlarni tarjima qilishda har ikki til harbiy terminologiyasini oltita semantik guruhda namoyon bo‘luvchi (qo‘shin turlarini ifodalovchi terminlar, harbiy shtabga oid terminlar, umumtaktikaga oid terminlar, harbiy-tashkiliy faoliyatni ifodalovchi terminlar, harbiy topografik terminlar, harbiy safga oid terminlar) lingvokul`turologik xususiyatlarini ochib berishda adekvat tarjima qilish usulining samaradorligi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarini o‘rganishda qiyosiy terminshunoslik va leksikografiya tamoyillarini takomillashtirish hamda harbiy terminlarni tartibga solish (unifikatsiya qilish), ularni tarjima qilishda adekvatlikka erishish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida harbiy terminlarni chog‘ishtirma aspektda tadqiq qilish asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida harbiy terminologiyaning diaxron aspektda, tarixiy-etimologik xususiyatlariga oid ma’lumotlardan PZ-20171024335 raqamli “O‘zbek shevalarining lingvokul`turologik tadqiqi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 yanvardagi 89-03-96-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida harbiy terminlarning shakllanishida transterminologizatsiya hodisasining ustuvorligiga oid materiallar bilan boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillari harbiy terminlarining leksik, struktur-semantik xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan FZ-20160910202206 raqamli “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy pedagogik texnologiyalari” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2020 yil 23 iyuldagi 2/2229-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan ma’lumotlar ingliz va o‘zbek tillari harbiy terminlarining so‘z turkumlariga mansubliligi jihatidan aniqlangan lingvostatistik mezonlar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida harbiy terminlarning lingvokul`turologik xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kunduzgi ta’lim kursantlari uchun “Ingliz tili” (Toshkent, 2021 y. 240 b.) o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 yanvardagi 89-03-96-son ma’lumotnomasi). Natijada “My specialty, equipment: weapons, countering terrorism” va boshqa leksik mavzularni yoritishga, shuningdek harbiy terminlar lingvokul`turologik xususiyatga ega ekanligini aniqlashga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida harbiy terminlarni tartiblashtirish, ularning tarkibini maqbullashtirish asosidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bedorlik” radioeshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 31 dekabrdagi 04-25-1942-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilarni ingliz va o‘zbek tillaridagi harbiy terminlarning shakllanishi, yasalishi, ularning lingvokul`turologik xususiyatlari bilan tanishtirishda hamda harbiy terminlarni tartibga solish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.