Xamidov Obidjon Xafizovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirishning boshqarish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.13–Menejment, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt35

Ilmiy maslahatchi: Xodiev Baxodir Yunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.27.06.2017.I.18.01.

Rasmiy opponentlar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor;Maxkamova Mamlakat Abdukadirovna, iqtisodiyot  fanlari doktori, professor; Safarov Baxodir Shaxriyorovich,iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirishning boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ekoturizmning boshqarish mexanizmini takomillashtirish turizm sohasini  strategik rivojlantirishning muhim yo‘nalishi ekanligi asoslab berilgan;

ekoturizmni rivojlantirishni boshqarishning atrof-muhit muhofazasi, ekoturistik xavfsizlik va nazorat strategiyalari ishlab chiqilgan;

ekoturizmning resurslar salohiyatini boshqarish hamda samaradorligini baholashning balli usuli ishlab chiqilib, amaliyotda foydalanish yo‘nalishlari tavsiya etilgan;

O‘zbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barcha kategoriyalarining ma’lum hududini rekreatsiya-ekoturistik hududlarga ajratish tavsiya etilgan, ularning imkoniyatlari o‘rganilgan va rivojlanish istiqbollari belgilangan;

mamlakatimizning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarida ekologik turizmni rivojlantirish indeksi aniqlangan, ekologik turizmdan olinadigan daromad hajmini oshirish orqali ekoturizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini ko‘paytirish imkoniyati aniqlangan;

ekologik turizmni rivojlantirishning boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish va uning milliy iqtisodiyotga integratsiyalash yo‘nalishlari asoslab berilgan. 

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

boshqarishning strategiyasi, tamoyillari hamda ekoturizmni boshqarish jarayonlarini tashkil etishni ball tizimida baholash  yo‘nalishlari “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekturizm» milliy kompaniyasining 2016 yil 6 iyundagi 01-09928-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan foydalanish natijasida Ugam-Chotqol milliy bog‘i tarkibida ekoturizmni boshqarish bo‘yicha bo‘lim tashkil etildi, maqsadli ekoturistik dasturlar ishlab chiqildi va milliy bog‘larda iqtisodiy-ekologik samaraga erishish yo‘nalishlari belgilandi;

O‘zbekiston METHlarining barcha kategoriyalarida xalqaro tajribaga asosan mavjud hududlarning 10 foizini rekreatsiya-ekoturizm zonasiga ajratish tavsiya etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016 yil 22 iyuldagi RF-02/10-4389-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizning barcha iqtisodiy mintaqalari va rayonlari tasarrufidagi METHlarda ekoturizmni rivojlantirishga erishiladi;

turizm xizmatlar bozorini rivojlantirishning iqtisodiy, tashkiliy omillarini o‘rganish, turizm xizmati sifatini oshirish, milliy turistik korxonalar raqobatbardoshligini ta’minlash, ekoturistik mahsulotlarga talabni rag‘batlantirishga asos yaratish, ekologik turizmni boshqarishni iqtisodiy-matematik modellashtirish yuzasidan bildirilgan takliflar 2007–2011 yillarda bajarilgan  OT-7F-130 raqamli «Turizm xizmatlar bozorining ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini modernizatsiyalash» mavzusidagi fundamental Davlat grantida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 8 noyabrdagi FTK-0313/756-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar asosida milliy turizm xizmatlar bozorini rivojlantirishga ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’siri baholandi,  milliy turizm korxonalari raqobatbardoshligini oshirishga erishildi;

mintaqa sharoitida ekoturistik marshrutlarni tashkil etish va ularning hududini kengaytirishga oid ilmiy natijalardan ITD-2-15 «O‘zbekistonda bolalar, o‘smirlar va yoshlar turizmini kompleks rivojlantirish muammolari» loyihasida (2012–2014) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 25 oktyabrdagi FTK-0613/717-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyiha Samarqand viloyatidagi Mironko‘l va Ohaliq dam olish hududlarida ekoturistik-rekreatsion turistik salohiyatdan keng foydalanish va xususan bolalar, o‘smirlar va yoshlar turizmini rivojlantirishda tabiatni asrab-avaylash, ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish va ekoturizmni boshqarish mexanizmlarini yanada takomillashtirish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish