Tursunov Diyor Sunnatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped323.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurmanov Abdunazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablari o‘quvchilarida g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoit-larini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida g‘oyaviy-mafkuraviy kompetent-likni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari milliy fazilatlar (bag‘rikenglik, milliy g‘urur, milliy iftixor, bunyodkorlik) va akmeoshaxs xususiyatlarining (shaxsiy axborot xavfsizligi, intellektual salohiyat, e’tirof qozonish) amaliy transformatsiyasi bilan identivligining bevosita barqarorligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirishga doir kompetensiyalar tizimi (kognitiv, sotsial, shaxsiy, emotsional, kommunikativ, umummadaniy) analitik tafakkurning rivojlanganlik darajasi, badiiy asarlar va siyosiy nutq, ma’ruzalardan olingan matnlarni tahlil qilishga doir diskursiv yondashuvning praksiologik imkoniyatining ta’sirchanligini oshirishga yo‘naltirilgan operativ qaror qabul qilish mexanizmining internal anglanganligini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirish modelining ta’lim sub’ektlari faoliyatining maqsadga yo‘nalganligi, invariativ mazmunli (umummadaniy kompetensiyaning tuzilmasi va pedagogik shart-sharoitlar, yondashuvlar, shakl va vositalar) va natijaviy tarkibiy asoslari umummadaniy kompetensiyalar tizimining integratsion jihatlarini faol fuqarolik pozisiyasi bilan qayta aloqasini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda shaxsiy axborot xavfsizligini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirish refleksiv texnologiyasi o‘quvchilarning sub’ektiv nuqtai nazarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan vaziyatli topshiriqlar, guruhiy munozara, o‘quv loyihalarini ijtimoiy fanlar amaliyotiga vertikal va gorizontal qo‘llashning didaktik imkoniyatlarini intensifikatsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Umumta’lim maktabi o‘quvchilarida g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar:
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida g‘oyaviy-mafkuraviy kompetent-likni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari milliy fazilatlar va akmeoshaxs xususiyatlarining amaliy transformatsiyasi bilan identivligi bevosita barqarorligini ta’minlashga doir takliflardan «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari» mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 01-02/2-2-197-son ma’lumotnomasi). Natijada «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» turkumiga kiruvchi o‘quv predmetlaridan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quv dasturlarini amaliyotga tatbiq etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarda g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirishga doir kompetensiyalar tizimi (kognitiv, sotsial, shaxsiy, emotsional, kommunikativ, umummadaniy) analitik tafakkurning rivojlanganlik darajasi, badiiy asarlar va siyosiy nutq, ma’ruzalardan olingan matnlarni tahlil qilishga doir diskursiv yondashuvning praksiologik imkoniyatining ta’sirchanligini oshirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalardan A-026- raqamli «Bolalikni muhofazalashda kattalar orqali axborot xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik yo‘llari» mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 01-02/2-2-197-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirishning diagnostik vositalarini qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarda g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirish modelining ta’lim sub’ektlari faoliyatining maqsadga yo‘nalganligi, invariativ mazmunli (umummadaniy kompetensiyaning tuzilmasi va pedagogik shart-sharoitlar, yondashuvlar, shakl va vositalar) va natijaviy tarkibiy asoslari umummadaniy kompetensiyalar tizimining integratsion jihatlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar «Pedagogik diagnostika va korreksiya» darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 89-03-5449-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim oluvchilarda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish va hayotiy maqsadlarni tarkib toptirish imkoni kengaytirilgan;
o‘quvchilarda shaxsiy axborot xavfsizligini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirish refleksiv texnologiyasining didaktik imkoniyatlarini takomillash-tirishga oid taklif va tavsiyalar «Pedagogik diagnostika va korreksiya» darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 89-03-5449-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mafkuraviy immunitetini shakllantirishning didaktik ta’minoti mustahkamlangan.