Djalalova Ozoda Kasimjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oshqozondagi oqsillar gidrolizi pankreatik lipazani ingibirlanishining pasayishi va yog‘larning so‘rilishini kuchayishiga ta’sir etuvchi omil sifatida» 14.00.16 - Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1274.
Ilmiy rahbar: Aleynik Vladimir Alekseevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Saidov A’lonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Sayfullaeva Saida Akramjonovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsenti.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oshqozondagi oqsillarni gidrolizi pankreatik lipazani ingibirlanishining pasayishi va yog‘larning so‘rilishini kuchayishiga ta’sir etuvchi omillarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
in vitro modeli tajribasida, jelatindan tashqari, barcha o‘rganilayotgan oqsillarda pankreatik lipazani ingibirlovchi ta’siri aniqlangan, pankreatik lipaza faolligini preinkubatsiya qilinmagan natijalarga taqqoslaganda lipolitik foaollikni oshgani va yog‘larni so‘rilishini yaxshilanishiga olib kelinganligi aniqlangan;
inkubatsiya qilinganidan so‘ng oshqozon shirasi, oqsillarni yog‘lar bilan adsorbsiyalanishini natijasida, yog‘larni hazm bo‘lishiga ta’siri aniqlangan;
oshqozon faoliyati hamda safro ajralishi pasaygan bemorlarda yog‘larni parchalanishi va hazm bo‘lishi buzilishini tripsin gidrolizatlari o‘rniga pepsin gidrolizatlaridan foydalanish isbotlangan.
yog‘larni hazm bo‘lishi buzilishida tarkibida oshqozon osti bezi fermentlari bo‘lgan pankreatik dorilarini qo‘llanishi noto‘g‘riligi aniqlangan va oshqozonning sekretor va ferment ishlab chiqarishini faollashtiruvchi preparat qo‘llanishi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oshqozon shirasi ta’sirida oqsillarni gidrolizlanishi me’da osti bezi lipazasi ingibirlanishini pasaytirishi va yog‘larni hazm bo‘lishiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida:
oqsillarni gidrolizlanishini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oqsillarni gidrolizlanishi natijasida pankreatik lipazaning ingibirlanishini pasayishi va yog‘larni hazm bo‘lishinini yaxshilashusuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabrdagi 8n-r/590-son ma’lumotnomasi). Natijada oshqozonning sekretor va ferment ishlab chiqarish faoliyatini kamayishida yog‘larni hazm bo‘lishi jarayonlarining izdan chiqaruvchi omillarini kamaytirish imkonini bergan;
oqsillarni oshqozonda gidrolizlanishi yog‘larni xazm bo‘lishiga ijobiy ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot institutining klinikasi va O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyatining sog‘liqni saqlash xizmatiga qarashli Andijon bekati birlashgan shifoxonasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 martdagi 8n-d/84-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga tadbiq etilishi me’da pepsinlari ta’sirida oqsillarning gidrolizi me’da osti bezi lipazasini ingibirlashini kamaytirib yog‘larni hazm bo‘lishini yaxshilashi, pepsin ta’sirida oqsillarni gidrolizlanishi o‘t kislotalariga bog‘lanish qobiliyatini pasaytirib yog‘larni hazm bo‘lishiga ta’siri, davolash samaradorligini oshirish va davomiyligini qisqartirish, asoratlarni kelib chiqish chastotasini kamayitirish imkonini bergan.