Jumaev Akbar Xamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tugallangan nuqsonlarni olinadigan tish protezlari bilan protezlashning xususiyatlari», 14.00.21 - Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.2.PhD/Tib1231.
Ilmiy rahbar: Akbarov Abzal Nigmatullaevich, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Oreshako Oleg Vasil`evich, tibbiyot fanlari doktori; Murtazaev Saidmurodxon Saidaloevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navarra universiteti (Ispaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tugallangan nuqsonlarni olinadigan tish protezlari bilan protezlashning xususiyatlarini aniqlash va davolashda protez xom ashyosini tanlashning mezonlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qisman tishsizlikda xar xil xomashyoli tish protezlaridan foydalanganda protez yuzasining gigienik xolati og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasiga ta’siri asoslangan;
termoplast xom ashyoli protezlar yuzasida, akril asosli protezlar yuzasiga qaraganda agressiv ko‘rinishdagi bakteriyalar va Candida tipidagi zamburug‘larning yig‘ilib qolishi nisbatan kamligi isbotlangan;
«corega tabs» bilan tish protezlarini tozalash va dezinfeksiyalash ortopedik davolash sifatini oshirishi va og‘iz bo‘shlig‘i salomatligiga ijobiy ta’siri asoslangan;
olinadigan tish protezlaridan foydalanuvchi qisman tishsizligi bo‘lgan bemorlar uchun protezdan foydalanish uchun kriteriylar ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tugallangan nuqsonlarni olinadigan tish protezlari bilan protezlashning xususiyatlarini aniqlash va davolashda protez xom ashyosini tanlashning mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tugallangan nuqsoni bor bemorlarda turli xom ashyoli olinadigan tish protezlari bilan protezlashda og‘iz bo‘shlig‘i xolatini ta’sirlanishini baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Turli xil xom ashyoli olinadigan tish protezlaridan foydalanganda ogiz bushligi xolatini baxolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 8n-r/651-son ma’lumotnomasi). Natijada turli materiallardan tayyorlangan olib qo‘yiladigan tish protezlarining og‘iz bo‘shlig‘ining holatini aniq baholash imkonini bergan;
tugallangan nuqsonlari bor bemorlarda olinadigan tish protezlari yuzasining gigienik xolatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Olinadigan tish protezlari yuzasining gigienik xolatini aniklash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 8 n-r/651-son ma’lumotnomasi). Natijada qisman yoki to‘liq tishsizligi bo‘lgan bemorlarning tish protezlari yuzasi gigienik xolatini darajasini baholash imkonini bergan;
tugallangan nuqsonlarni olinadigan tish protezlari bilan protezlashning xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, G‘ijduvon, Vobkent, Romitan tuman tibbiyot birlashmalari va Kogon shahar stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 8 yanvardagi 8n-d/4-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi olinadigan protez yuzasining gigienik holatini aniqlash va turli materiallardan tayyorlangan olinadigan tish protezlardan foydalanganda og‘iz bo‘shlig‘i holatini tahlil qilish uchun samarali tizimni ishlab chiqishga imkon bergan.