Jabbarov Zafarjon Abdukarimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning janubiy hududi cho‘l tuproqlarining neft` va neft` mahsulotlari bilan ifloslanishi va ularning rekul`tivatsiyasi», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/B29.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev G‘ulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abdullaev Anvar Haydarovich, biologiya fanlari doktori; Djumaniyazova Gulnora Ismailovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning janubiy hududi cho‘l mintaqasi tuproqlarining neft` va neft` mahsulotlari bilan ifloslanishini manbalar bo‘yicha farqlarini ajratish, biologik tozalash usuliga asoslangan rekul`tivatsiyani yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor cho‘l mintaqasida tarqalgan bir necha tuproq tiplarining neft` va neft` mahsulotlari bilan ifloslanish manbalari kesimida masofalar, tuproq qatlamlari bo‘yicha farqlari ochib berilgan;
neft` va neft` mahsulotlari bilan ifloslangan cho‘l mintaqasi tuproqlarida organik va antropogen uglerod hamda gumus miqdorining o‘zgarishi aniqlangan;
neft` va neft` mahsulotlari bilan ifloslangan cho‘l mintaqasi tuproqlari uchun MFD-100 Pseudomonas stutzeri, MFD-200 Pseudomonas caryophyllis, MFD-5000 Bacillus subtilis shtammlari birgalikda qo‘llanilgan rekul`tivatsiya texnologiyasi ishlab chiqilgan;
neft` va neft` mahsulotlari bilan ifloslangan tuproqlar rekul`tivatsiyasining individual omillari, algoritmi, bosqichlari ishlab chiqilgan hamda rekul`tivatsiya jarayonining davrlashtirilishi yaratilgan;
neft` va neft` mahsulotlari bilan ifloslangan tuproqlarning rekul`tivatsiyasidan so‘ng tuproq unumdorligining tiklanish ko‘rsatkichlari va koeffisentlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonning janubiy hududi cho‘l mintaqasining neft` va neft` mahsulotlari bilan ifloslangan tuproqlar rekul`tivatsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
degradatsiyaga uchragan tuproqlarning unumdorligini tiklash, oshirish, saqlash, er resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishda joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2017 yil 4 maydagi 02-05-4172-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar tuproq qoplamining neft` mahsulotlaridan tozalash va unumdorligini tiklash imkonini bergan;
tarkibi buzilgan erlarni tiklashda, tuproq xossalarini yaxshilashda, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimida tegishli reja-tadbirlarni ishlab chiqishda joriy etilgan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 14 avgustdagi 03/2-2831-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar tuproqlarning kimyoviy, fizikaviy, biologik xossalarini yaxshilash, kimyoviy ifloslangan tuproqlarni sog‘lomlashtirish imkonini bergan;
neft` va neft` mahsulotlari bilan ifloslangan tuproqlarning rekul`tivatsiyasida fitoremediatsiya xususiyatli o‘simliklarni qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar F-5-01 «Janubiy-g‘arbiy Tiyon-Shon o‘simliklar qoplamining fitotsenetik va populyasion-ekologik qonuniyatlari» ilmiy loyihasida (O‘zMU, 2012–2016 yy.) o‘simliklarni fitotsenotik va ekologik tavsiflashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 14 avgustdagi FTA-02-11/477-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi tuproq xossalarining yaxshilanishiga xizmat qilgan.