Normaxamatov Nodirali Soxobatalievichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sul`fatlangan polisaxaridlar asosida antibakterial va antivirus faollikka ega bioselektiv makromolekulyar tizimlar», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/K14.

Ilmiy maslahatchi: Turaev Abbosxon Sabirxanovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.

Rasmiy opponentlar: Raxmonberdiev Gappar, kimyo fanlari doktori, professor; Azizov Umarxon Muxtorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mavlyanov Saidmuxtor Maqsudovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: patogenlar spesifik reseptorlari bilan komplementar ta’sirlashuvchi anion tabiatli (sul`fat, fosfat va karboksil) o‘rinbosarlar tutgan modifikatsiyalangan polisaxaridlarning maqsadli sintezi, ular asosida yo‘naltirilgan antibakterial va antivirus ta’sirli terapevtik tizimlar yaratish hamda ularning biologik funksiyalarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

almashingan guruhlari makromolekula bo‘ylab bir tekis taqsimlangan, molekulyar massasi (MM) 10,5- 120,4 kDa va almashinish darajasi (AD) 0,30-2,92 oralig‘ida sul`fat hamda MM 6,2-72 kDa va AD 0,15-2,45 bo‘lgan fosfat hosilalar olish imkonini beruvchi usullar ishlab chiqilgan hamda ular asosida anion antibakterial va antivirus dori preparatlar yaratish potensial imkoniyatlari asoslangan;

anion hosilali polisaxaridlar molekulyar og‘irliklari, makromolekula bo‘ylab sul`fat, fosfat, karboksil almashingan guruhlarining angidrogeksoza zvenosida joylashuvini bakterisid va virulisid faolliklarga ta’siri isbotlangan;

patogen bakteriyalarning sezgirligi modifikatsiyalangan polisaxaridlar tabiati va molekulyar kattaliklarga bog‘liqligi, xususan, namunalarda ADning oshib borishi antibakterial faollikning oshishiga, faollikning keskin ortishi esa ADsi 1,9 dan 2,1 gacha kuzatilgan va bunda nisbatan yorqin antimikrob faollik sul`fatlangan α-gesozanlar (amiloza, poligalakturon kislota, dekstran)ga nisbatan β-geksozanlar (sellyuloza, galaktomannan)da aniqlangan;

anion hosilali polisaxaridlar leykemiya, gepatit S va OIV viruslariga qarshi preparatlar yaratish uchun potensial ob’ektlar ekanligi aniqlanib, yarim maksimal ingibirlash konsentratsiyasi (IC50) bo‘yicha leykemiya virusiga qarshi faollik 0,02-0,45 mkg/ml oralig‘ida va ADsi ortishi bilan antivirus faollik oshib borishi, β-strukturali birliklar α-strukturalilariga qaraganda yorqin antivirus faollikka egaligi isbotlangan;

eng kichik antikoagulyasion faollikka ega anion hosilali polisaxaridlar sintez qilingan. Bunga angidrogeksoza zvenosidagi S-2 va S-6 uglerod atomlarida sul`fat guruhi tutgan sul`fat polisaxaridlar sintezi orqali erishilgan;

ilk bor kompyuter modellashi orqali anion hosilali polisaxaridlarning organizm sog‘lom hujayralariga patogenlar ta’sirini ingibirlovchi, ularning reseptor uchastkalariga bloklovchi ta’sirlari isbotlanib, mul`tirezistent bakteriyalar (P. Aeruginosa, E.coli), viruslar (gepatit S, leykemiya, OIV-1) glikoproteinlari model` strukturalari va sul`fatlangan monosaxarid (geksozalar) hamda modifikatsiyalangan polisaxaridlar orasida interpolimer komplekslar hosil bo‘lishi imkoniyatlari aniqlangan va amalda bu natijalar in vitro va in vivo sharotidagi tajribalarda isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Polisaxaridlarning sul`fat hosilalari asosida antibakterial va antivirus ta’sirli makromolekulyar tizimlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

o‘simlik barglaridagi tamaki mozaikasi virusi ingibitoriga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (12.10.2010, № IAP 04603). Ilmiy tadqiqot natijasida qishloq xo‘jaligi va tibbiyotda patogenlarga qarshi preparatlar ishlab chiqarish imkonini bergan;

polisaxaridlarning sistematik modifikatsiyasini Tuleyn universitetining «Polimerlanish reaksiyalarini avtomatik uzluksiz nazorati» (ACOMP–Automatic Continuous Online Monitoring of Polymerization reactions) tizimida olib borish davomida ishlab chiqilgan sharoitlar ilk bor ACOMP tizimining tabiiy birikmalar modifikatsiyasi reaksiyalarini uzluksiz monitoring qilish jarayoni uchun muvaffaqiyatli qo‘llash imkonini bergan, shuningdek resirkulyasion ACOMP konfiguratsiyasida hajmiy qovushqoqlik, molekulyar og‘irlik va ion-konsentratsion kattaliklar (elektr o‘tkazuvchanlik va rN qiymat)ni bir vaqtning o‘zida nazorat qilish imkonini beruvchi yangi uskunalarda qo‘llanilgan  (Amerika Qo‘shma Shtatlari Tuleyn universitetining 2016 yil 3 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Bu dunyo miqyosida salmoqli yutuq bo‘lib, polisaxaridlarni modifikatsiyalash reaksiyalarining monitoringi, bu tabiiy mahsulotlar-biopolimerlarning modifikatsiyasi jarayonini nazorat qilish imkonini beradi;

ishlab chiqilgan modifikatsiyalash usullaridan selektiv almashingan sul`fat polisaxarid hosilalar olishda foydalanilgan (Kumamoto universitetining (Yaponiya) 2016 yil 15 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Antibiotiklarga nisbatan mul`tirezistent bakteriyalar St. aureus, St. epidermides, E. coli (LN) va Klebsiella ga qarshi polimer antibakterial kompozisiyalar yaratish imkonini bergan;

polisaxarid hosilalarning nadmolekulyar tuzilishlari va antikoagulyasion faolliklari ma’lumotlaridan 80 dan ortiq xorijdagi impakt-faktori (JIF) yuqori ilmiy jurnallarda namunalarning fizik-kimyoviy va farmakologik tahlili uchun foydalanilgan (Acta biomaterialia, 2010, V.6, №2, Journal Impact Factor, IF 6,32; Bioresource Technology, 2009, V.4, №2, Journal Impact Factor, IF 5,65; Biomacromolecules, 2011, V.6, №2, Journal Impact Factor, IF 5,25; Carbohydrate polymers, 2012, V.2, №2, Journal Impact Factor, IF 4,81; Food Hydrocolloids, 2014, V.35, №2, Journal Impact Factor, IF 4,75; Langmuir, 2013, V.12, №2, Journal Impact Factor, IF 3,83; Polymer, 2011, V.1, №2, Journal Impact Factor, IF 3,68; Phytomedicine, 2011, V.6, №2, Journal Impact Factor, IF 3,53; Cellulose, 2010, V.2, №2, Journal Impact Factor, IF 3,42). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi polisaxarid efirlarining molekulyar va farmakologik tavsiflash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish