Matyokubov O‘tkir Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mobil` aloqa tizimlari ishonchliligini baholash model va algoritmlarini ishlab chiqish”, 05.04.02 – Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil`, tola-optik aloqa tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2215.
Ilmiy rahbar: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich, texnikafanlaridoktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkentaxborottexnologiyalariuniversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar:texnika fanlar doktori, professor, Raximov Baxtiyorjon Ne’matovich; texnika fanlar nomzodi, dotsent, Yarmuxamedov Alisher Agbarovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi mobil` aloqa tizimining ishonchliligini baholashning modellarini, algoritmlarini va analitik ifodalarini hamda uzluksiz energiya bilan ta’minlash tuzilmasini va ishlash algoritmini ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tayanch stansiya, kontroller hamda mis kabel`, optik tola, radiorele aloqa liniyali tizimning ishonchliligini baholash modellari va algoritmlari ishlab chiqilgan;
aloqa liniyalari zaxiralangan tayanch stansiya - kontroller tizimini ishonchliligini baholash modellari va analitik ifodalari ishlab chiqilgan;
mobil` aloqa tayanch stansiyalarining vaziyat markazidagi hamda markazdan chetdagi holatlari tizimlarining tuzilmaviy ishonchliligini hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan;
tayanch stansiyaning uzluksiz energiya bilan ta’minlash tizimini qurish tamoyili va ishlash algoritmi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mobil` aloqa tizimlari ishonchliligini baholash model va algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
tayanch stansiya, kontroller hamda mis kabel`, optik tola, radiorele aloqa liniyali va aloqa liniyalari zaxiralangan tayanch stansiya - kontroller tizimlarining ishonchliligini baholash modellari, analitik ifodalari, algoritmlari va dasturiy ta’minotlari O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan «ALOQALOYIHA» DUK hamda «UNICON.UZ» DUKga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 2 iyundagi 33-8/3972-son ma’lumotnomasi). Natijada mobil` aloqa tizimining ishonchlilik ko‘rsatkichlarining hisoblash vaqti 2 barobargacha qisqargan;
mobil` aloqa tayanch stansiyalarining vaziyat markazidagi hamda markazdan chetdagi holatlari tizimlarining tuzilmaviy ishonchliligini hisoblash algoritmlari va tayanch stansiyaning uzluksiz energiya bilan ta’minlash tizimini qurish tamoyili va ishlash algoritmi «O‘zbektelekom» AK «Uzmobayl» filialiga hamda «FALCON TELECOM EXPERT» MChJga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 2 iyundagi 33-8/3972-son ma’lumotnomasi). Natijada mobil` aloqa tizimining ishonchliligi va tuzilmaviy ishonchliligini baholash vaqtini 2 barobargacha qisqartirishga erishilgan, tayanch stansiya – tayanch stansiya kontrolleri tizimida ikkita zaxira liniyasidan foydalanib yuqori darajadagi ishonchlilik hamda samaradorlikka erishilgan, mobil` aloqa tizimidagi rad etishlarni tadqiq qilishda Teyla Veydja modelida olingan natijalar real nosozliklardan 10 foizgacha farqlangan, tayanch stansiya elektr energiya ta’minoti tizimining uzluksiz ishlash samaradorligini 3-3,5 foizga oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish