Sabirova Ziyodaxon Azimjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi  haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Deformatsion xususiyatlardan foydalanib yaxlit shakllangan buyumlarni ishlab chiqarish usullarini yaratish», 05.06.04 - «Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2018.4.PhD/T939
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01
Rasmiy opponentlar: Nigmatova Fatima Usmanovna- texnika fanlari doktori, professor, Pulatova Saboxat Usmanovna -texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi materialning (tabiiy mo‘yna misolida) deformatsion xususiyatlaridan foydalanib yaxlit shakllangan tikuv buyumlarining resurstejamkor va polimer kompozisiya orqali shakl mustahkamligini ta’minlashni nazarda tutuvchi usulni ishlab chiqish va joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy mo‘ynadan yaxlit shakllangan bosh kiyimini tayyorlash imkonini beruvchi kollagen tarkibli  polimer kompozisiyasining  kollagen, akril kislotasi, kaliy persul`fat va suvdan iborat yangi muqobil tarkibi aniqlangan;
kollagen tarkibli polimer kompozisiyani qo‘llab turli mo‘ynalardan yaxlit bosh kiyim tayyorlashda yuqori shakl barqarorligini ta’minlovchi tikuv texnologiyasining optimal rejimlari ishlab chiqilgan;
polimer kompozisiya bilan ishlov berilgan mo‘ynaning segment radiusi, segment balandligiga bog‘liq xolda deformatsiyalashga yo‘naltirilgan kuch, uzilish kuchi, uzilishdagi uzayishi, bikrligi kabi ko‘rsatkichlarining ratsional qiymatlari aniqlangan;
kollagen asosli polimer kompozisiyasi qoplamasiga ega bo‘lgan tabiiy mo‘ynaning shakl xosil qilish xususiyatini baholovchi cho‘zuvchi kuchning yo‘nalish burchagi va uning miqdoriga nisbiy uzayishlarining o‘zgarishi orasidagi o‘zaro bog‘lanishlari ishlab chiqilgan va shakl xosil qilish ko‘rsatkichlariga polimer kompozisiyaning ta’sir darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Materiallarni va tikuv buyumlari detallarini ishlab chiqarish sifatini oshirishga qaratilgan va resurstejamkor yangi texnologiyani ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tarkibida kollagen bo‘lgan polimer kompozisiyali (tabiiy mo‘yna) materialni hosil qilish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agengligining ixtiroga patenti (IAP 20180094) olingan. Natijada tabiiy muynaning deformatsiyalanuvchi xususiyatini xisobga olgan xolda resurstejamkorlik asosida yaxlit shakllangan buyumlarni ishlab chikarish imkonini bergan;
yaratilgan tikuv buyumi detallarini polimer kompozisiyani qo‘llash orqali yaxlit shakllantirilgan tayyor mahsulot ishlab chiqarish yangi texnologiyasi «Mexovaya moda» tikuvchilik korxonasida (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2019 yil 9 oktyabrdagi №MZ-3/2612-son ma’lumotnomasi) ishlab chiqarishga joriy qilingan. Tadbiq etish natijasida modernizatsiyalashgan texnologiyasini ishlab chiqarishdagi qiyosiy tahlili asosida mehnat unumdorligi 2 barobar oshishiga erishilgan;
materiallarning deformatsion xususiyatlarini yaxshilash asosida tikuv buyumlarini ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi «JAMA STYLE» MChJda (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 25 oktyabrdagi №FJ-14-5739-son ma’lumotnomasi) tadbiq qilingan. Korxonaga joriy etilishi natijasida tikuv buyumi ishlab chiqarish samaradorligi 10 foizgacha oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish