Arziev Ismoilning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e`lon

I. Umumiy ma`lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraj beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xolesistektomiya operatsiyasidan keyingi erta biliar asoratlarning diagnostikasi va davolash taktikasini maqbullashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissetatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD /Tib1103.
Ilmiy rahbar: Zafarjon Qurbaniyazov, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK rakami: Buxora davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: O‘roqov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxmadov Farrux Isroilovich tibbiyot, fanlari doktori, professor.
Yetakchi toshkilot: Akademik V.Vaxidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy- amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xolesistektomiya operatsiyasidan keyingi erta biliar asoratlarni, zamonaviy miniinvaziv usullarni qo‘llab, diagnostika qilish va davolash taktikasini maqbullashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xolesistektomiyaning turli usullaridan keyingi erta davrda rivojlangan safro oqishi darajasi, yallig‘lanish jarayoni bosqichlari hamda operatsiyaning bajarilish muddatlari aniqlangan;
safro oqishining darajasi uning sabablariga bog‘liqligi, I- va II-darajali safro oqishi sababi o‘t yo‘llarining “kichik” shikastlanishlari, III-darajali safro oqishi sababi “katta” shikastlanishlar gepatikoxoledoxning nuqsonsiz va nuqsonli kesilishi ekanligi aniqlangan;
I- va II-darajali safro oqishi bilan kuzatiladigan “kichik” shikastlanishlarni zamonaviy nurli va endoskopik texnologiyalardan foydalangan holda aniqlash, jarrohlik yo‘li bilan korreksiya qilish bo‘yicha diagnostika va davolash algoritmi ishlab chiqilgan, diapevtik, transduodenal endoskopik va laparoskopik davolash usullarining yuqori samaradorligi isbotlangan;
magistral o‘t yo‘llarida rekonstruktiv operatsiyalar Ru bo‘yicha yuqori presizion gepatikoeyunoanastamoz shakllantirish va Hepp-Coinaud hamda Cattel usullaridan foydalangan xolda biliodegistiv anastamoz yaratishning taktik-texnik jihatlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xolesistektomiyadan keyin erta biliar asoratlar, ya’ni safro oqishi kuzatilgan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
xolisistektomiyadan keyingi erta davrda safro oqishini jarrohlik usuli bilan davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Xolesistektomiya operatsiyadan keyingi erta davrda safro oqishini jarrohlik bilan tuzatish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31-dekabrdagi 8n-r/684-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma xolesistektomiyadan keyingi erta biliar asoratlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash sifatini yaxshilash, imkonini bergan;
xolesistektomiya operatsiyasidan keyingi erta davrda safro oqishini sabablari bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Xolesistektomiya operatsiyasidan keyingi erta davrda safro oqishi. Sabablari va jarroxlik davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29-yanvaridagi 8n-r/80-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma xolesistektomiyadan keyingi erta biliar asoratlarni sabablarini aniqlash va kasallikni prognoz qilish imkonini bergan;
xolesistektomiyadan keyin erta biliar asorat kuzatilgan bemorlarni diagnostikasi va jarrohlik davolash natijalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy ma’lumotlar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-son klinikasi jarrohlik bo‘limiga, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Qashkadaryo viloyati Qarshi shahar tibbiyot birlashmalari xirurgiya bo‘limlariga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4-apreldagi 8n-z/65-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida xolesistektomiyadan keyingi erta davrda asoratlar darajasi 17,8% dan 8,1% gacha, olis davrdagi asoratlar darajasini 14,7% dan 5,4% gacha pasaytirish imkonini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish