Shamsutdinova Maksuda Ilyasovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali pankreatitlar klinik kechishi xususiyatlarining sitokin profiliga bog‘liqligi va immunokorreksiya yo‘llari», 14.00.36–Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib132.
Ilmiy maslahatchi: Zokirxodjaev Sherzod Yax’yaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika immunologiya ilmiy markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Adolat Abduraxmanovna, tibbiyot fanlari doktori; Aralov Nematilla Ravshanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Ravshanbek Babajonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali pankreatitning turli klinik shakllari rivojlanishida immunogenetik mexanizmlarni aniqlash va kasallikni erta tashxislash hamda davolashni takomillashtirishda immunokorregirlovchi preparatlar rolini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor SP bemorlarda kasallikni rivojlanish xavfi shakllanishi va rivojlanishining immunogenetik mexanizmlari aniqlangan;
alkogolli va biliar SPda asosiy sitokinlarning klinik-laborator sindromlar va immun tizim ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
SPning og‘irlik darajasi va klinik shakllarini differensial tashxislashda sitokinlar miqdorining o‘zgarishi asoslangan;
yallig‘lanishning asosiy mediatorlari ekspressiyasini chaqiruvchi va me’da osti bezida destruktiv-yallig‘li o‘zgarishlarni ta’minlovchi sitokinlar kaskadi genining disfunksiyasi aniqlangan;
ilk bor SP va uning asoratlari rivojlanishida genlar polimorfizmining klinik-laborator ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqligi patogenetik ahamiyatga egaligi aniqlangan;
SP og‘ir kechishi va uning asoratlarini bashoratlash mezoni sifatida sitokinlar holati birlamchi omillardan ekanligi isbotlangan;
pankreatitlarni davolashning yangi yo‘nalishi – SPda davolash tadbirlari kompleksiga kombinirlangan yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Surunkali pankreatitlar klinik kechishi xususiyatlarining sitokin profiliga bog‘liqligi va immunokorreksiya yo‘llari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
SP klinik kechishi xususiyatlarining sitokin profiliga bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali pankreatitlarni erta tashxislash va ularni korregirlash usullari» mavzusidagi uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 28 avgustagi 8n-d/16-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma SPni erta tashxislash va bashoratlash, klinik kechishini aniqlash, klinik-immunologik ko‘rsatkichlar ahamiyatini aniqlashning uslubiy asosini takomillashtirishga xizmat qiladi;
SPni erta tashxislashning zamonaviy jihatlari, davolash kompleksiga immunmodulirlovchi terapiyani kiritish chora-tadbirlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan “Qibray tibbiyot birlashma”si hamda Toshkent “OOO Uzkabel shifohonasi” amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 28 avgustdagi 8n-d/16-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan davo-tashxisot tadbirlari surunkali pankreatitni davolash natijalarini yaxshilash, bemorlarning statsionarda bo‘lish vaqtini 3 kunga qisqartirish, remissiya davrini 3,6 marta uzaytirish imkonini beradi. Tatbiq etilgan natijalar immunmodulator terapiya usuli an’anaviy usulga nisbatan davolash samaradorligini oshirishga, bemorning hayot sifatini yaxshilashga, bir yilda surunkali pankreatit bilan og‘rigan barcha bemorlar soniga nisbatan davlat byudjet mablag‘larini 2,7 mlrd. so‘mni tejash orqali dori vositalariga ehtiyojni kamaytirishga imkon yaratadi.