Tursunov Anvar Saypullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida urbanizatsiya jarayonlari (tarixiy tahlil, 1991-2010 yy.)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar246.
Ilmiy rahbar: Murtazaeva Rahbarxon Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Shodmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori; Irisqulov Olimjon Jahongirovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2010 yillarda O‘zbekistonning janubiy hududlari hisoblangan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida urbanizatsiya jarayonlarining tarixiy dinamikasim va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston janubiy shaharlarining shakllanishi va rivojlanishi geografik omilga bog‘liqligi, respublikaning boshqa shaharlari bilan taqqoslaganda quruq iqlimi, sun’iy sug‘orma dehqonchilikka asoslanganligi, savdo aloqalarining va hunarmandchilik tarmoqlarining kengligi, yirik daryolar va tog‘ yonbag‘irlarida joylashuvi bilan farq qilganligi ochib berilgan;
mintaqada ekologik muvozanatning buzilishi oqibatida mustaqillikning dastlabki yillarida shaharlar aholisining 32 foizi ichak va jigar kasalliklariga duchor bo‘lganligi, oziq-ovqat va engil sanoat korxonalaridan olingan daromaddan mustaqil foydalanish huquqi  mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilganligi dalillangan;
mintaqa shaharlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy madaniy rivojlanish uchun sobiq sovet davrida mablag‘ etishmasligi, hududlarning ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan deyarli ta’minlanmaganligi, energiya va qurilish imkoniyatlarining cheklanganligi, jahon andozalarga mos axborot-kommunikatsiya tarmoqlarining nochorligi, xo‘jasizlik, loqaydlik va beparvolik illatlarini bartaraf etishda mustaqillik yillarida joylarda innovatsion yangiliklarning joriy qilinishi asosiy omil bo‘lganligi dalillangan;
mintaqa shaharlaridagi xalq ta’limi, madaniyat sohasi rivojidagi to‘siqlar, ularni kapital ta’mirga muhtojligi, yosh mutaxassislarga, sog‘lom avlod tarbiyasiga e’tiborsizlik, o‘ta kuchli issiqlik tufayli gepatit, o‘pka, sil, ruhiy kasalliklarni oldini olish maqsadida tibbiy xizmatlarni nochorlikdan olib chiqish, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish imkoniyatlari hamda mustaqillik yillarida me’morchilik, baxshichilikning rivojlanishiga e’tiborning oshganligi, zamonaviy jahon andozalariga mos uy-joylarning qurilganligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida urbanizatsiya jarayonlarining tadqiq etilishi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida: 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari shaharlarida joylashgan yirik sanoat korxonalari sovet hukmronligi davrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ittifoq ministrliklariga bo‘ysundirilishi hamda shaharlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotining Markaz manfaatlariga xizmat qilganligiga oid materiallardan Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasi, Qarshi davlat muzeylarining sovet davriga oid eksponatlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 15 iyundagi 3-№-04-12-04-2938-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston janubidagi shaharlarning sobiq sovet davridagi holati va mustaqillik yillaridagi tarkibiy o‘zgarishlarga oid tasavvurlarni boyitishga xizmat qilgan;
Qashqadaryo va Surxondaryo  viloyatlaridagi  shaharlar va shaharchalarda  savdo aloqalarining kengayishi, hunarmandchilik tarmoqlarining rivojlanishi, shahar madaniyati va shaharliklar turmush tarzining qishloqlarga ham keng  yoyilishiga  oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 20 martdagi 02–90-623-son ma’lumotnomasi). Natijada janubiy viloyatlarda joylashgan shaharlar hayotini zamon talablari asosida yaxshilash hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish bilan bog‘liq muammolar echimini keng ommaga taqdim etish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish