Jumasheva Gulnara Xamidullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ikki tillilik sharoitida qoraqalpoq tilida so‘zlashish ko‘nikmalarini shakllantirish (ta’lim rus tilida olib boriladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida)». 13.00.02 – «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi» (qoraqalpoq tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Ped192.
Ilmiy rahbar: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Aymbetov Makset Kallievich,  filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maqsadi maqsadi bilingvizm sharoitida maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda qoraqalpoq tilida so‘zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiya va xulosalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki tillilik sharoitida til ta’limiga kompetent yondashuv va uni rus guruhlari va sinflarida qoraqalpoq tilini o‘qitishda qo‘llashning lingvodidaktik asoslari nutqni rivojlantirish uchun lingvodidaktik shart-sharoitlar yaratish (o‘yin, mashq, mehnat, tasviriy faoliyat, badiiy-nutqiy) asosida takomillashtirilgan;
ta’lim rus tilida olib boriladigan boshlang‘ich sinflarda  o‘quvchilarining qoraqalpoq tilida so‘zlashish ko‘nikmalari kompetensiyasi og‘zaki va yozma, monologik va dialogik nutq turlariga aloqadorligiga ko‘ra til va muloqot madaniyati, lingvistik kompetensiya va bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini rivojlantirish kabi komponentlarga ajratilgan;
qoraqalpoq tili darslarida nazariy qoidalarni amalda qo‘llashni o‘rgatishning kognitiv, emotsional hissiy va faoliyatga doir bosqichlari praksiologik yondashuvga asoslangan xatoliklar ustida ishlash, qayta hikoya tuzish, erkin xat yozish kabi refleksiv texnologiyalar asosida takomillashtirilgan;
ikki tillilik sharoitida qoraqalpoq tilida so‘zlashish ko‘nikmalarini shakllantirishning eksperimental isbotlangan praksiologik yondashuvga asoslangan refleksiv texnologiyalar(interfaol metodlar, autentik o‘quv materiallari)ning metodik tizimi ishlab chiqilgan, divergent va konvergent yondashuvlar asosida o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligiga asoslangan grammatik birliklarni senzitiv o‘rganishning nazariy asoslari ochib berilgan;
ikki tillilik sharoitida bolalarning monologik va dialogik nutqini o‘stirishning reseptiv, reproduktiv, produktiv kabi uch bosqichli tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikki tillilik sharoitida maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalarning qoraqalpoq tilida so‘zlashish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bilingvizm sharoitida, xususan nutq, lingvistik kompetensiya va bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini rivojlantirish darslarida bolalarda so‘zlashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar «Qoraqalpoq tilida so‘zlashish ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy-metodik asoslari» monografiyasiga kiritilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 25 sentyabrdagi №01-01-08/1280-son ma’lumotnomasi). Natijada nutqni rivojlantirish darslarida maktabgacha yoshdagi bolalarning nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashining samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘quv materiallari tizimlashtirildi;  
nazariy qoidalarni bilish va amaliyotda qo‘llash, ta’lim rus tilida yuritiladigan boshlang‘ich sinflarda divergent va konvergent yondashuvlar asosida o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligiga asoslangan grammatik birliklarni senzitiv o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar «Qaraqalpaq tili» (UOK811.512.121’242(754.2) 3-sinf, UOK811.512.121’242(754.2) 2-sinf, darsliklar Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi buyurtmasi asosida tayyorlangan) darsliklari bo‘yicha komponentli yondashuvga asoslangan baholash mezonlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 25 sentyabrdagi №01-01/10-2580 ma’lumotnomasi). Na’muna sifatida tayyorlangan mazkur dars ishlanmalari va metodik tavsiyalar boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarining lingvistik kompetentligini va mustaqil bilim olish qobiliyatlarini yuksaltirish imkonini bergan;
qoraqalpoq tili darslarida olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash, ularni o‘rganish bosqichlari, praksiologik yondashuvga asoslangan refleksiv texnologiyalar: interfaol metodlar, autentik o‘quv materiallarini tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining J.Urunbaev nomidagi Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan «Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va yangi qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyoti metodikasini takomillashtirish» fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining J.Urunbaev nomidagi Qoraqalpog‘iston filialining 2020 yil 25 sentyabrdagi 165-son ma’lumotnomasi). Mazkur materiallar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faolligini, nutqiy va lingvistik kompetentligini oshirishga xizmat qilgan.
bolalarda tinglash, qoraqalpoqcha nutqni qabul qilish va tushunib olish, mustaqil ravishda gap tuzish, ko‘rgan, eshitgan narsalarni ilg‘ab olish, o‘z munosabatlarini og‘zaki va yozma shaklda bayon qilish ko‘nikmalari va qobiliyatlarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ta’lim tizimiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 oktyabrdagi №89-03-3856-son ma’lumotnomasi). Natijada bayon qilingan nazariy yondashuvlar talabalar, magistrantlar va pedagogik yo‘nalishdagi o‘qituvchilar uchun ilmiy-metodik manba xizmatini bajargan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish