Mamatov Dilmurad Normurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiyma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektron axborot-ta’lim muhitida kasbiy ta’lim jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish», 13.00.06–Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped95.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Ilmiy rahbar: Begimqulov Uzoqboy Shoimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Kodirov Rafik Xusanovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Taylakov Norbek Isakulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektron axborot-ta’lim muhitida oliy ta’lim muassasalarida kasbiy ta’lim jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron axborot-ta’lim muhitida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishni ta’minlashda pedagogik loyihalashtirishning ixtirochilik, modellashtirish va eksperiment kabi komponentlari imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
elektron axborot-ta’lim muhitida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kompetentlik darajasini, ularning professional tayyorgarligi sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik loyihalashtirish modeli ishlab chiqilgan;
pedagogik loyihalashtirish asosida kasbiy ta’lim jarayonlarining zamonaviy axborot-metodik ta’minotini amalga oshirish imkoniyatlarini elektron axborot-ta’lim muhitida joriy etishga qaratilgan dasturiy ta’minot va ochiq ta’lim resurslari ishlab chiqilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmi sifatida malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etishning innovatsion shakllari, elektron o‘quv-uslubiy majmualar, elektron qo‘llanmalar taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Elektron axborot-ta’lim muhitida kasbiy ta’lim jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
elektron axborot-ta’lim muhitida ta’lim jarayonini pedagogik loyihalashtirish, ta’lim-tarbiyaning xilma-xil metodlarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni oqilona tanlay olish, ijodiy yondashuv asosida metod va texnologiyalarni tanlash kompetensiyalar tizimi bakalavriat yo‘nalishlari Davlat ta’lim standarti (2014 yil 12 avgustda «O’zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan, №1-2570) mazmuniga singdirilgan. Mazkur kompetensiyalar tizimi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqish hamda takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishga xizmat qilgan;
nazariy va amaliy ishlanmalar elektron mul`timediali darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar sifatida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassasalari ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 iyundagi 87-03-1238-son ma’lumotnomasi). Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmi sifatida malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etishning innovatsion shakllari, elektron o‘quv-uslubiy majmualar, elektron qo‘llanmalar xizmat qilgan;
loyihalashtirishga oid olingan ilmiy natijalar «Gidravlika va gidravlika jihozlari» fanidan o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (UO‘K:626/627(075), KBK:30.123, I-85; ISBN 978-9943-4092-48).
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida maxsus fan o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini elektron o‘quv-metodik materiallar orqali rivojlantirish, elektron o‘quv-metodik majmuani shakllantirish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalardan YoA1-OT-O-16695 YoA1-4 «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida maxsus fan o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini elektron o‘quv-metodik materiallar orqali rivojlantirish» mavzusidagi davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2014–2015 yillarga mo‘ljallangan yosh olimlar amaliy tadqiqotlari loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2017 yil 4 sentyabrdagi 02-07-2522/04-son ma’lumotnomasi).