Babamuratov Bekzod Ergashevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida sellyuloza karbamat olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2220.
Ilmiy rahbar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Akbarov Hamdam Ikromovich, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolardan sellyuloza olish, olingan sellyulozaga karbamid ta’sir ettirishning maqbul sharoitlarini aniqlash, ushbu sharoitda sellyuloza karbamat olish texnologiyasini ishlab chiqish va sellyuloza karbamat asosida bioparchalanuvchi polimer materiallar ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy sharoitda o‘sadigan Phragmítes austrális (qamish) o‘simligi poyasidan mikrokristall sellyuloza olingan;
olingan mikrokristall sellyulozani karbamid bilan katalizatorsiz usulda modifikatsiyalashning maqbul sharoitlari aniqlangan;
katalizatorsiz usulda sellyulozani karbamid bilan modifikatsiyalash orqali sellyuloza karbamati sintez qilingan; 
sintez qilingan KS-20-2 markali sellyuloza karbamat namunasini yuqori bosimli polietilenga 70% gacha qo‘shish natijasida bioparchalanuvchi polimer materiallar olingan;
mahalliy xomashyolar asosida bioparchalanuvchi plyonkalar olishda qo‘llaniladigan sellyuloza karbamat olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Mahalliy xomashyolardan sellyuloza karbamat olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan sellyuloza karbamatni yuqori bosimli polietilenga qo‘shib bioparchalanuvchi plyonka olish usuli “Nova Pharm” MChJ O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasida bioparchalanuvchi qadoqlash plyonkalari ishlab chiqarishda joriy qilingan (“Nova Pharm” MChJ O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasining 2021 yil 6 maydagi 24/147-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolardan olingan sellyuloza karbamat asosida arzon va bioparchalanuvchi qadoqlash plyonkalari ishlab chiqarish imkonini bergan;
sellyuloza karbamat asosida olingan bioparchalanuvchi plyonkalar “Nova Pharm” MChJ O‘zbekiston-Xindiston qo‘shma korxonasida dori moddalarni qadoqlashda joriy etilgan (“Nova Pharm” MChJ O‘zbekiston-Xindiston qo‘shma korxonasining 2021 yil 6 maydagi 24/147-son ma’lumotnomasi). Natijada, atrof-muhitni polimer chiqindilar bilan ifloslanishini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish