Tuxtaeva Nigora Xasanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artritda Helicobacter pylori genotiplari  sababli  nosteroid  vositali gastropatiyani rivojlanish mexanizmi», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc /Tib414.
Ilmiy maslaxatchi: Karimov Ma’rif Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvasit Mirvasikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Mamlakat Tulabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiet fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalari ta’sirida rivojlangan gastropatiya shakllanishida H.Pylorining genotipik shtammlar ahamiyatini klinik asbobiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
revmatoid artritli bemorlar oshqozonida H.Pylori ning uchrashi va tarqalish darajasi kasallik  faolligi darajasiga bevosita bog‘liqligi prospektiv  tahlillarga ko‘ra isbotlangan;   
revmatoid artrit bemorlarda yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositali  gastropatiyada   H.Pylorining turli xil genotipik shakllarini deteksiya  qilishning o‘z shakllari molekulyar - genetik tahlil asosida ishlab chiqilgan; 
revmatoid artritli bemorlarda yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositali  gastropatiya H.Pylori bilan assotsirlanganda uning genotiplarini taqsimlanishi  aniqlangan; 
revmatoid artritli  bemorlarda  H.Pylori infeksiyasini vacAs2, iceA2 i cagA genlarini yoki cagA + Ice2 + vacAm1+ vacAs2; vacAm1+ vacAs2; Ice2+ vacAm1+ vacAs2 genlar kombinatsiyasi uchrashi aniqlanib,   bemorlarda oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi  hamda eroziyalarini keltirib chiqarish ehtimolini oshirishi asoslangan;  
yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalarini farmakokinetikasidagi o‘zgarish indikatorlarini revmatoid artritda oshqozon xelikobakteriozi kelib chiqishiga xos bashoratlaridan biri ekanligi asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Revmatoid artrit bemorlarda  yalig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalari bilan asotsirlangan gastropatiyani kelib chiqishida gastroduodenal sohadagi  o‘zgarishlarda H.Pylori genotiplarining o‘ziga hos  ahamiyatini  aniqlash asosida davolashni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Revmatoid artrit bemorlarda Nelicobacter pylori tashhislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Revmatoid artrit bemorlarda Nelicobacter pylori tashhislash usullarini takomillashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 yanvardagi 8n-r/8-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma  revmatoid artritga chalingan bemorlarda gastroduodenal sohadagi o‘zgarishlar kelib chiqishida H.Pylori genotiplarini aniq va erta tashhislashni muqobillashtirish imkoniyatini bergan;
Revmatologik bemorlarda gastroduodenal sohani klinik hususiyatlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Revmatologik bemorlarda Helicobacter pylorini hisobga olgan holda gastroduodenal sohani klinik hususiyatlari” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 yanvardagi 8n-r/7-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma  revmatoid artrit  bemorlarda H.Pylori infeksiyasi hisobiga gastroduodenal sohadagi shikastlanishlarda  yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalarini  to‘g‘ri tanlash va dozalash evaziga   davolashni takomillashtirish imkonini bergan;
bemorlar gastroduodenal sohasidagi o‘zgarishlar kelib chiqishida  H.Pylori genotiplarining ahamiyatini  aniqlash orqali revmatoid artritni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan  terapiya va tibbiy reablitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi kup tarmokli klinikasi, Toshkent viloyati ko‘p tarmokli tibbiyot markazi, O‘zR PA huzuridagi Bosh tibbiyot boshqarmasining 2-sonli markaziy klinik shifoxonasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 yanvardagi 8n-d/42-son ma’lumotnomasi).  Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etilishi, kasallikni erta tashhislash, kasallik kechishini bashorat qilish, kelib chiqadigan asoratlarni  o‘z vaqtida oldini olishni muqobillashtirish hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish