To‘xtasinov Dadaxon Farxodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «5-9 - sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped514.
Ilmiy rahbar: Sadikova Albina Venerovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2021.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’lim jarayonida 5-9-sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
5-9-sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning tashkiliy-tuzilmaviy komponentlari (faoliyatli, innovatsion, amaliyotga yo‘nalganlik) imitatsion texnologiyalar (lokal texnologiyalar, treninglar, topshiriqlar loyihasi, rolli o‘yinlar)ni mantiqiy tafakkurning rivojlantirish tizimi (mavhumlashtirish, umumlashtirish, tahlil va sintez)ga uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
mantiqiy tafakkurni rivojlantirish yaxlit tizim sifatida kommunikativ, elektron-axborot ta’lim resursidan foydalanish, o‘z ustida ishlash, kreativlik, bashorat qilishni o‘z ichiga olgan model` iqtisodiyotning real sektori talablariga mos didakti ta’minotning metodologik, refleksiv, mazmunli, motivatsion, rivojlantiruvchi, tashkiliy-metodik va tizimli-funksional natijaviylik komponentlari aniqlangan;
mantiqiy tafakkurni rivojlantirishning didaktik ta’minotining ishlab chiqish – metodik komponent sifatida innovatsion o‘qitishning kognitiv (axborotni qayta ishlash, saqlash, uzatish, kasbiy bilimga yo‘nalganlik), o‘quv-ijodiy faoliyatga shaxsiy munosabatni qaror toptirish komponentlari integratsiyasi ustuvorligi asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’limda, ta’lim jarayonida mantiqiy tafakkurni rivojlantirishning pedagogik imkoniyati motivatsion kabi ko‘p vektorli yondashuv bosqichlari emotsionallik, progressivlik, motivatsiya, optimallik, effektivlik, texnologik singari ijtimoiy-pedagogik baholash mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 5-9 - sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
5-9-sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning tashkiliy-tuzilmaviy komponentlari (faoliyatli, innovatsion, amaliyotga yo‘nalganlik) imitatsion texnologiyalar (lokal texnologiyalar, treninglar, topshiriqlar loyihasi, rolli o‘yinlar)ni mantiqiy tafakkurning rivojlantirish tizimi (mavhumlashtirish, umumlashtirish, tahlil va sintez)ga uyg‘unlashtirishga oid takliflar ITD-1-148 raqamli «Ta’lim mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘quvchilar kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish texnologiyalari» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 89-03-2857-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5-9-sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlanish jarayoni samaradorligi oshirilgan;
mantiqiy tafakkurni rivojlantirish yaxlit tizim sifatida kommunikativ, elektron-axborot ta’lim resursidan foydalanish, o‘z ustida ishlash, kreativlik, bashorat qilishni o‘z ichiga olgan model` iqtisodiyotning real sektori talablariga mos metodologik, mazmunli, tashkiliy-metodik va natijaviylik komponentlariga oid takliflar umumiy o‘rta ta’lim, Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 89-03-2857-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur 5-9-sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkuri ta’lim sifatini ta’minlashning milliy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda rivojlantirilgan;
mantiqiy tafakkurni rivojlantirishning didaktik ta’minoti, o‘quv-ijodiy faoliyatga shaxsiy munosabatni qaror toptirish komponentlari integratsiyasi hamda umumiy o‘rta ta’limda, ta’lim jarayonida mantiqiy tafakkurni rivojlantirishning pedagogik imkoniyati moslashuvli-yo‘naltiruvchi, tayanch va kreativ-produktiv bosqichlari mazmunini aniqlashtirish bo‘yicha takliflar “Umumiy pedagogika (Pedagogik mahorat)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 89-03-2857-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlanturuvchi kompetensiyalar shakllantirilgan hamda ta’lim mazmuni va o‘quvchilarning o‘zlashtirish imkoniyatlari oshirilgan.