Dadaboeva Feruzaxon Olimjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida astronomik ta’limni gumanitarlashtirish texnologiyalarini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped706.
Ilmiy rahbar: Mamadazimov Mamadmusa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2021.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ilyasov Sobit Po‘latovich, fizika-matematika fanlari doktori, O‘zR FA Astronomiya instituti laboratoriya mudiri.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida astronomik ta’limni gumanitarlashtirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
astronomiya o‘quv predmetini gumanitarlashtirish muhitining pedagogik imkoniyatlari tabiiy-ilmiy sikldagi fanlarning gumanitar potensialini dunyo ta’lim tizimi bilan adaptatsiyalanish jarayonida yoshlarning dunyoqarashini shakllantirish strategiyasiga hamohang rivojlantirilgan;
tabiiy-ilmiy fanlarni pedagogik gumanitarlashtirish jarayoni kontekstining modeli o‘quvchilarning ratsional-mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini, shaxsiy va kommunikativ shakllantirilishini rivojlantirish imkoniyati hamda shaxsiy fazilatlarni o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
astronomiya o‘quv predmetini gumanitarlashtirish jarayonlari o‘quv ma’lumotlarni ko‘rgazmali-obrazli mul`timediali ilovalar, video va audio yozuvlar, AvtoPlay_8.5 kompyuter dasturi asosida tayyorlangan elektron o‘quv qo‘llanma tarzida tarixiylik prinsipi asosida takomillashtirilgan;
astronomiya o‘quv predmetining gumanitar potensiali tabiiy-ilmiy predmetlar kontekstida integrativ yondashuvga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida astronomiya o‘qitishni gumanitarlashtirish texnologiyalarini takomillashtirishga qaratilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
tabiiy-ilmiy (astronomiya) fanlarni gumanitarlashtirish uchun zarur bo‘lgan muhitning pedagogik va didaktik asoslarini takomillashtirishga oid takliflardan Toshkent davlat pedagogika universitetida 2012-2016 yillarda bajarilgan “Quyosh toji yorug‘ nuqtalarining evolyusiyasi va chaqnash mexanizmlarining ilmiy-uslubiy tadqiqi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 sentyabrdagi 89-03-3242-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning astronomiyaga oid ma’lumotlarni tahlil qilish ko‘nikmalari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari va ilmiy dunyoqarashlarini rivojlantirish imkoniyatlari oshgan;
o‘quv materiallarini ko‘rgazmali-obrazli (mul`timediali ilovalar, video va audio yozuvlar, AvtoPlay_8.5 kompyuter dasturi asosida tayyorlangan elektron o‘quv qo‘llanma) tayyorlashga oid takliflar “Astronomiya” (11-sinf) darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 sentyabrdagi 89-03-3242-son ma’lumotnomasi). Natijada, astronomik ta’lim samaradorligi va o‘quvchilarni insonparvarlik tamoyilida tarbiyalash imkoniyatlari oshgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish