Botirova Xalima Eshmamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda agrar soha mutaxassislarini tayyorlash jarayoni tendensiyalari (1991-2015 yillar, janubiy hududlar misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar.606.
Ilmiy maslahatchi: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Atamurodovich, tarix fanlari doktori; Musaev Nuriddin Umurzaqovich, tarix fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Janubiy O‘zbekistonda agrar sohada mutaxassislar tayyorlash jarayonining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot hamda madaniy hayot ta’siri tufayli ro‘y bergan o‘zgarishlarni tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari, tarixiy materiallar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet hokimiyati davrida janubiy hududlarda boshqa mintaqalardan keskin farq qilgan agrar soha mutaxassislari mehnatiga haq to‘lash va moddiy-ma’naviy rag‘batlantirish o‘rniga, “sotsialistik musobaqalar” tashkil etilib, “maxsus” tanlab olingan “mehnat g‘oliblari” - brigadirlar mexanizatorlar, muhandislarni qadrlash siyosatini oqibatlari tarixiylik aspektida yoritib berilgan;
mintaqada agrar soha mutaxassislariga er berishdan maqsad ishsiz bo‘lib qolgan soha xodimlarini ham ko‘proq ish bilan ta’minlash, xodimlar va ishchi-xizmatchilar tomorqalarida etishtirilgan mahsulotlarni sotishda engillik yaratish maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, sotish, qayta ishlashni tashkil etilganligi dalillangan;
mintaqada fermer xo‘jaliklarini tashkil etishda kadrlar tanlovida xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi oqibatida agrar sohaga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan kishilar kelib qolganligi, bank-moliya, savdo-sotiq va zamonaviy boshqaruv ishlari bo‘yicha etarlicha bilim, malaka va tushunchaga ega emasligi aniqlangan;
mintaqada agrar soha mutaxassislarining turmush tarzi, oylik ish haqi, uy-joyi, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan «Er to‘g‘risida»gi, «Kooperatsiya to‘g‘risida»gi, «Ijara to‘g‘risida»gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunlarning amalga oshirish natijalari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston janubiy hududlarida agrar soha mutaxassislarini tayyorlash tarixini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida: 
sovet hokimiyati davrida janubiy hududlarda boshqa mintaqalardan keskin farq qilgan agrar soha mutaxassislari mehnatiga haq to‘lash va moddiy-ma’naviy rag‘batlantirish o‘rniga, “sotsialistik musobaqalar” tashkil etilib, “maxsus” tanlab olingan “mehnat g‘oliblari” - brigadirlar mexanizatorlar, muhandislarni qadrlash siyosatini oqibatlari tarixiylik aspektida yoritilishiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston tarixi fanidan «Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot», «O‘zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi va iqtisodiy islohotlarning jadallashuvi», «Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi», «Jahon iqtisodiy inqirozi va uni O‘zbekistonda bartaraf etish yo‘llari», «O‘zbekiston va jahon hamjamiyati» mavzularini o‘qitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 avgustdagi 89-03-2770-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston tarixining mustaqillik yillari bilan bog‘liq jihatlarini ochib berishda xizmat qilgan;
mintaqada agrar soha mutaxassislariga er berishdan maqsad ishsiz bo‘lib qolgan soha xodimlarini ham ko‘proq ish bilan ta’minlash, xodimlar va ishchi-xizmatchilar tomorqalarida etishtirilgan mahsulotlarni sotishda engillik yaratish maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, sotish, qayta ishlashni tashkil etilganligiga oid ma’lumotlardan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida tashkil etilgan o‘quv kurslarida suv xo‘jaligi rahbar va xodimlarining malakalarini oshirishda tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 28 avgustdagi 04/20-2490-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv xo‘jaligi sohasi rahbar va xodimlarning kasbiy malakalarini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish