Ikromov Akmaljon G‘ofurjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuk avtomobillarining agregatlaridagi mashinasozlik detallari uchun yangi samarador material va uni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik vametallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi) mexanikasi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T356.
Ilmiy rahbar: Riskulov Alimjon Axmadjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; DjumabaevAlijonBakishevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuk avtomobillarining agregatlaridagi mashinasozlik detallari uchun oshirilgan ekspluatatsion parametrlarga ega bo‘lgan yangi materialni va uni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompozit materiallar komponentlarining energetik parametrlarini boshqarish yo‘li bilan optimal strukturasini shakllantiradigan uslubiy tamoyillari ishlab chiqilgan;
poliamidning mustahkamlik chegarasi hamda eyilish miqdori modifikator konsentratsiyasiga va vaqtiga funksional bog‘liqligi aniqlangan;
politetraftoretilen zarrachalari va uglerod tolasini birgalikda faollashtirish bilan cho‘zilishdagi mustaxkamlik 30 mas. %, mustahkamlik chegarasi σr = 26 MPa va eyilishga bardoshlilikni I·10–7 mm3/N·m ga oshirishni ta’minlovchi modifikatsiyalangan politetraftoretilen asosidagi kompozision materiallarning tarkibi va ularni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yuk avtomobillari tormoz kamerasi va silindrlarining ekpluatatsiya muddatini 400 ming km.gacha oshirish imkonini beruvchi yuk avtomobillari tormoz kamerasi silindri devoriga tribotexnik qoplama sifatida qo‘llaniladigan alifatik poliamid PA6, PA6.6 asosli kompozit materiallar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuk avtomobillarining agregatlaridagi mashinasozlik detallari uchun yangi samarador material va uni olish texnologiyasini ishlab chiqish uchun olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
alifatik poliamid (PA6, PA6.6) lar asosida ishlab chiqilgan kompozit materiallar O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari qo‘mitasining “Avtomagistral” UK ga poliamid PA 11 (Rilsan) ga muqobil tarzda yuk avtomobillari tormoz kamerasi silindri devoriga tribotexnik qoplama sifatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 11.08.2020 yildagi 01-58/1-son ma’lumotnomasi). Natijada yuk avtomobilining ekspluatatsiya resursi 300 ming km. dan 400 ming km.gacha oshgan;
PA6 poliamid asosida olingan kompozit materialni metall va uglerod maxsulotlarining yuqori dispersli zarralari bilan modifikatsiyalangan tarkibi O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari qo‘mitasining “Avomagistral” UK ga poliamid PA 11 (Rilsan) ga muqobil tarzda yuk avtomobillari tormoz kamerasi silindri devoriga tribotexnik qoplama sifatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 11.08.2020 yildagi 01-58/1-son ma’lumotnomasi). Natijada prujinaning ekspluatatsiya resursi 1,1-1,3 marta oshgan.