Najimov Amanlik Shamshetdinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqillik yillarida qoraqalpoq tilining ijtimoiy-siyosiy leksikasining rivojlanishi», 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil811.
Ilmiy rahbar: Al`niyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Dusimov Zaribbay, filologiya fanlari doktori, professor; Pirniyazova Alima Qudiyarovna, filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq tili ijtimoiy-siyosiy leksikasi tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlarni belgilash va ularning boshqa leksik-semantik guruhlarga nisbatan umumiy va o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq tili ijtimoiy-siyosiy leksikasining rivojlanishida mustaqillik davrida mamlakatimizda ro‘y bergan tub o‘zgarishlarning natijasida kirib kelgan yangi ijtimoiy-siyosiy leksema so‘zlarning ekstralingvistik omil sifatidagi mohiyati ochib berilgan;
mustaqillik yillarida qoraqalpoq tili ijtimoiy-siyosiy leksikasiga ijtimoiy omillarning ta’siri asosida mazkur tarmoq leksikasini paydo qiluvchi so‘zlarning komponentli, qiyosiy leksik-semantik guruhlari ajratilib, ularning ijtimoiy leksikaga kirib kelishi va toifalarga ajratilib foydalanilishining funksional-semantik xususiyatlari ochib berilgan;
«ijtimoiy-siyosiy leksika» va «ijtimoiy-siyosiy terminologiya» tushunchalari orasidagi o‘zaro munosabatlarning nomutanosibligi sababli umumlingvistik va milliy tildagi lug‘aviy mohiyati ochib berilgan, ijtimoiy-siyosiy leksikaning qoraqalpoq tili lug‘at tarkibida tutgan alohida o‘rni aniqlangan;
qoraqalpoq tili ijtimoiy-siyosiy leksikadagi so‘z yasalishi yaxlit tizim ekanligi mustaqillik davri imtimoiy leksikasi til materiallari asosida isbotlangan va yangi leksemalarning morfologik va sintaktik yo‘l bilan yasalish usullari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq tilidagi ijtimoiy-siyosiy leksikani tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq tilidagi ijtimoiy-siyosiy leksemalarning sinxron aspektdagi yaxlit tavsifi va ularning leksik tizimdagi o‘rni to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zR FA QB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» (2012-2016 yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zR FA QB QGFITIning 2020 yil 25 sentyabrdagi 191a/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy-siyosiy leksikaning qoraqalpoq tilidagi so‘z yasalishiga nisbatan umumiy va farqli tomonlarini aniqlashga erishilgan;
qoraqalpoq tilidagi ijtimoiy-siyosiy leksikaning tarixiy-genetik qatlamlari va so‘z ma’nolarining kengayishi to‘g‘risidagi xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq milliy muzeyida shoirning hayoti va ijodi bo‘yicha adabiy-badiiy ekskursiya darslarini o‘tkazishda va ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruza shaklida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 23 sentyabrdagi  2-02/1115-son ma’lumotnomasi). Natijada Berdaq shoirning tili va uslubini o‘rganish, ijtimoiy-siyosiy so‘zlarni qo‘llashdagi o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan;
qoraqalpoq tilshunosligida ijtimoiy-siyosiy leksikadagi so‘z yasalish usullari va ularni to‘g‘ri qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Erkin fikr» teleko‘rsatuvi hamda «Tilga e’tibor – elga e’tibor» radioeshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2020 yil 22 sentyabrdagi 01-02/178-son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilikning nutq amaliyotida ijtimoiy-siyosiy leksemalarni to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan;
qoraqalpoq tili ijtimoiy-siyosiy leksikasini paydo qiluvchi leksik-semantik guruhlarga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan 2017-2020 yillarda bajarilgan F3-2016-0908165532 «Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotni rivojlantirish metodikasi» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanildi (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2020 yil 25 sentyabrdagi 167-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari ona tili va adabiyoti ta’limini rivojlantirishda, ushbu sohada borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining mazmunini takomillashtirishda amaliy yordam bergan va yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashda, milliy o‘zlikni anglashni shakllantirishda samarali xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish