Suyarov Akram Musaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishni mul`timediali texnologiyalar asosida takomillashtirish”, 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped.805.
Ilmiy rahbar: [Taylakov Norbek Isakulovich], pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06. 
Rasmiy opponentlar: Tojiev Mamarejab, pedagogika fanlari doktori, professor; Mustafaev Shomurod Normo‘minovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishni mul`timediali texnologiyalar asosida takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalarni yaratish tarkibini shakllantirish dinamik variantlash va guruhli tahrirlash jarayoniga ustuvorlik berish orqali asoslangan;
informatika fanidan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy pedagogik mezonlar talaba va o‘qituvchi faoliyatini uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan aniqlik, izchillik, teranlik, zarurlik, amaliylik, funksionallik kabi didaktik indikatorlarni kiritish asosida aniqlashtirilgan;
“Informatika va AT” fanini uzluksiz o‘qitishda laboratoriya va amaliy topshiriqni avtomatik bajarishning uzviylashgan boshqaruvchi, sinab ko‘ruvchi, modellashtiruvchi, shakllantiruvchi tizimining fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari faoliyatli yondashuv asosida kengaytirilgan;
laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni mul`timediali texnologiyalar asosida tashkil qilish jarayoni modelini ishlab chiqish asosida “Axborot texnologiyalari” fanidan tabaqalashtirish, individuallashtirish,  vizuallashtirish va fanlararo bog‘liqlik tamoyillari singdirilgan mul`timediali darslik yaratilgan hamda undan ta’lim jarayonida foydalanish samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Oliy ta’lim muassasasalarida laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlari uchun mul`timediali o‘qitish tizimlarini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
laboratoriya va amaliy topshiriqni avtomatik bajarishning uzviylashgan tizimi (boshqaruvchi, sinab ko‘ruvchi, modellashtiruvchi, shakllantiruvchi, praktikum), informatika fanini uzluksiz o‘qitish tasnifi va fanga oid kompetensiyalar mohiyati, mul`timediali texnologiyalar asosida mashg‘ulotlarni tashkil qilish jarayoni modeli, mul`timediali darslik yaratish va undan ta’lim jarayonida foydalanishga oid tavsiyalardan 2014-2017 yillarda amalga oshirilgan PZ-2014-0906164153-son “Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 fevraldagi 89-03-523- son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasasalarida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun mul`timediali o‘qitish tizimlarini yaratish va undan foydalanish tizimi takomillashtirishga xizmat qilgan; 
oliy ta’lim muassasalarida laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalarni yaratish bosqichlari tarkibi, o‘quv mazmunini shakllantirishda dinamik variantlash va guruhli tahrirlash jarayoniga oid takliflari 5130100 – Matematika,  5140200 – “Fizika”, 5140400 –  “Astronomiya”, 5630100 – “Biologiya”, 5140300 – “Mexanika”, 5110700 – “Boshlang‘ich ta’lim” bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida tajriba sinovdan o‘tkazilgan va amaliyotga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 sentyabrdagi 89-03-3449- son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasasalarida laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
informatika fanidan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy pedagogik talablar, topshiriq mezonlari  (aniqlik, izchillik, teranlik, zarurlik, cheklanganlik, amaliylik kabi) bo‘yicha mezonlar talaba va o‘qituvchi faoliyatini uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan didaktik baholash indikatorlarini ajratishga oid takliflari “Axborot texnologiyalari» fanidan amaliyot” va “Dasturlash tillari asosida matematik masalalarni echish” nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 martdagi 89-03-921- son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanmalar va elektron qo‘llanma talabalarda o‘z-o‘zini namoyon qilish, boshqarish va baholash kompetensiyalarni shakllantirish jarayonini, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish