Rasulov Nozimjon Nabidjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Poyafzal mahsulotlari bozorida marketing tadqiqotlaridan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt.813.
Ilmiy rahbar: Ivatov Irisbek, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Madiyarov G‘ofurjon Axmedovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi poyafzal mahsulotlari bozorida marketing tadqiqotlaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poyafzal mahsulotlari bozorida korxonalarning iste’molchilarga moslashuvchanlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan xududlar bo‘yicha bozor imkoniyatlarini o‘zaro bog‘liq munosabatlar tizimi takomillashtirilgan;
poyafzal mahsulotlari bozorida iste’molchilar segmenti bo‘yicha «brend»ni alohida e’tiborga olgan holda raqobat muhitini shakllantirish asoslangan;
«erkak» segmentiga xizmat ko‘rsatishga muvofiq tashkil etilgan texnologik jarayon asosida «UzSalaman» O‘zbek-German qo‘shma korxonasining poyafzal mahsulotlari chakana savdo shaxobchalari faoliyatini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
poyafzal mahsulotlariga bo‘lgan talabni aholi daromadlari o‘zgarishiga nisbatan baholashning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Poyafzal mahsulotlari bozorida marketing tadqiqotlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
poyafzal mahsulotlari bozorida korxonalarning iste’molchilarga moslashuvchanlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan xududlar bo‘yicha bozor imkoniyatlarini o‘zaro bog‘liq munosabatlar tizimi “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo poyafzal korxonalar faoliyatiga joriy etilgan  (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2020 yil 6 fevraldagi FB-7/380-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo «UzSalaman» O‘zbek-German qo‘shma korxonasida marketing tadqiqotlari bo‘limi tashkil etilgan va korxonaning marketing harajatlarini 12 foizga kamayishiga erishilgan;
poyafzal mahsulotlari bozorida iste’molchilar segmenti bo‘yicha «brend»ni alohida e’tiborga olgan holda raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha asoslangan takliflar “O‘zcharmsanoat” uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2020 yil 6 fevraldagi FB-7/380-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona vodiysining zich joylashgan hududlarida faoliyat yurituvchi poyafzal ishlab chiqaruvchi korxonalar  infratuzilmasi takomillashtirilgan hamda poyafzal korxonalari va mahsulot iste’molchilari o‘rtasidagi munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solishda foydalanilgan; 
«erkak»lar segmentiga xizmat ko‘rsatishga muvofiq tashkil etilgan texnologik jarayon asosida «UzSalaman» O‘zbek-German qo‘shma korxonasining poyafzal mahsulotlari chakana savdo shahobchalari faoliyatini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo «UzSalaman» O‘zbek-German qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilgan  (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2020 yil 6 fevraldagi FB-7/380-son ma’lumotnomasi). Natijada «UzSalaman» O‘zbek-German qo‘shma korxonasining chakana savdo shahobchalarining mahsulot sotish hajmi 1,8 foizga va doimiy iste’molchilar soni 19 foizga oshgan; 
poyafzal mahsulotlariga bo‘lgan talabni aholi daromadlari o‘zgarishiga nisbatan baholashning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zcharmsanoat” uyushmasida foydalanilgan  (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2020 yil 6 fevraldagi FB-7/380-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona viloyatidagi poyafzal sanoati korxonalarining bozor segmentlari bo‘yicha maxsus marketing strategiyalari ishlab chiqilgan. Maqsadli dasturlar viloyatdagi korxonalarda ishlab chiqish va raqobatbardoshlik munosabatlarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan hamda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulot hajmi poyafzal sanoati hisobidan 1,6 foizga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish