Xasanov Azizbek Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy tarbiya va sport ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini belgilovchi reyting tizimini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped.1487.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Rashid Masharipovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Berdiqulov Bahodir Do‘stmurodovich, pedagogika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya va sport ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini belgilovchi reyting tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olimpiya zaxiralari kollejlari reytingini baholash uchun “Sport natijalariga erishish”, “Trener va metodistlar salohiyati”ni oshirish mezonlarini kiritish hisobiga jismoniy tarbiya va sport ta’lim muassasalari faoliyatini baholovchi reyting tizimi takomillashtirilgan;
olimpiya zaxiralari kollejlari reyting tizimi uchun zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda “musobaqalarni tahlil qilish”, “ilmiy-tadqiqot jarayonlarida ishtirok etishini o‘rganish” yo‘riqnomalarini ishlab chiqish hisobiga trener va metodistlarning bilim, ko‘nikma hamda malakasini oshirish imkoniyati yaratilgan;
olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini baholash reyting tizimi “yil davomida erishilgan sport natijalari” hamda “o‘quv-uslubiy ta’minot va nashr ishlari” mezonlari uchun yangi balli baho me’yorlari ishlab chiqilganligi hisobiga takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya va sport ta’lim muassasalari reyting ko‘rsatkichlarini SWOT pedagogik metodi orqali rivojlantirish asosida sportchilarning kamchiligi va yutug‘ini aniqlash hamda trener va metodistlarning musobaqalarni tahlil qilish tizimi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya va sport ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini belgilovchi reyting tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan joriy tadqiqotlar va pedagogik tajriba natijalari hamda ularning qiyosiy tahlili asosida:
ta’lim muassassasini faoliyatini reyting mezonlari asosida baholash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 avgustdagi “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 480-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 9 apreldagi 02-07-08-1274-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport razryadlarining bajarilishi 13,3%ga, trenerlar salohiyati 12,2%ga, metodistlar salohiyati 12,5%ga, yil mobayinida erishilgan sport natijalar 6,8 %, respublika terma jamoasi tarkibiga qabul qilingan sportchilar 2,4% ga, qayta tayyorlash va malaka oshirish 5,5 %ga, o‘quv-metodik ta’minot va nashr ishlari 24 % ga oshdi;
“Trener va metodistlar tomonidan sport musobaqalarni tahlil qilish va sportchilar tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma” hamda “Trener va metodistlarning ilmiy-tadqiqot jarayonlarida ishtirok etishini o‘rganish bo‘yicha yo‘riqnoma” ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 9 apreldagi 02-07-08-1274-son ma’lumotnomasi). Natijada, trenerlar salohiyati 10,7%ga, metodistlar salohiyati 12%ga, yil mobayinida erishilgan sport natijalar 9 %, o‘quv-metodik ta’minot va nashr ishlari 16 % ga o‘sgan;
olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini baholash reyting tizimi “yil davomida erishilgan sport natijalari” hamda “o‘quv-uslubiy ta’minot va nashr ishlari” mezonlari “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 480-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 9 apreldagi 02-07-08-1274-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport razryadlarining bajarilishi 16,6%ga, trenerlar salohiyati 10,7%ga, metodistlar salohiyati 12,5%ga, yil mobayinida erishilgan sport natijalar 9,7%ga, respublika terma jamoasi tarkibiga qabul qilingan sportchilar 2%ga, qayta tayyorlash va malaka oshirish 4,1 %ga, o‘quv-metodik ta’minot va nashr ishlari 20%ga oshgan;
jismoniy tarbiya va sport ta’lim muassasalari reyting ko‘rsatkichlarini SWOT pedagogik metodi orqali rivojlantirish asosida sportchilarning kamchiligi va yutug‘ini aniqlash hamda trener va metodistlarning musobaqalarni tahlil qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar 15 ta Olimpiya zaxiralari kollejlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 9 apreldagi 02-07-08-1274-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tizimli tashkil qilishga hamda zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan foydalanish asosida rivojlantirishga xizmat qilgan.