Mirtalipova Iroda Mirtaxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Mikroxromatika. Nazariya, tarix va amaliyot», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/San37.
Ilmiy rahbar: Azimova Arzu Nishanovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD 03/30.12.2019.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Rustambek Samigovich, san’atshunoslik fanlari doktori; Mullajonov Davlat Mavlonovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA San’atshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharq va G‘arb musiqasi lad tovushqatorlari tizimining turli tarixiy bosqichlaridagi nazariyasini yaxlit holda anglash hamda O‘zbekiston kompozitorlari ijodida mikroxromatikaning targ‘ibotini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mikroxromatika ilmiy-nazariy tomonidan jahon musiqa madaniyatidagi qadimiy tovushqator va ladlar, ijrochilik usullarida aks etishi aniq misollar bilan asoslangan;
birlamchi manbalar asosida mikroxromatika Sharq va G‘arb musiqasidagi lad tizimi orqali 17, 22, 24 pog‘onali tovushqatorlari bilan dalillangan;
mikroxromatik vositalar majmui yangi musiqiy ifodaviylikning muhim vositasi sifatida avvallari qo‘llanilmagan O‘zbekiston kompozitorlari ijodida milliy bo‘yoq (bezaklar majmui, nim parda)lar asosida yaratilganligi isbotlangan;
XX-XXI asrlar musiqiy amaliyotida, jumladan mikroxromatikaning O‘zbekiston kompozitorlari ijodidagi pog‘onali va bezaknamo turlarining (sentli o‘lchamda va glissandolashgan) o‘rni, milliy musiqiy-nazariy (lad tovushqatorlaridagi) ahamiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mikroxromatikaning tarixiy-nazariy masalalari, kompozitorlik ijodiyotida uning xususiyatlari va usullarining tatbiq etilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mikroxromatika vositasining Sharq va G‘arb musiqasining tarixiy bosqichlari, shuningdek nazariy-amaliy tarafdan turlicha yondashuvlari hamda O‘zbekiston kompozitorlari asarlarida qo‘llangan ifodaviy imkoniyatlari, pog‘onali va bezaknamo ko‘rinishlarining tasnifoti bo‘yicha “Zamonaviy garmoniya, polifoniya va musiqa shakli (O‘zbekiston kompozitorlik ijodiyotida mikroxromatika)” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalar mikroxromatikaning sozlanish masalasi bilan uzviy aloqalari, uning Sharq va G‘arb tafakkuridagi sharhlarda aks ettirilishi xususida tasavvurlarini kengaytirgan;
mikroxromatika nazariyasi va tarixining Sharq va G‘arb musiqasidagi turli rakursdagi holatining uyg‘un hamda farqli jihatlari, sozlanish masalasining qomusiy olimlar risolalaridagi ahamiyati hamda bugungi kunda ehtiyoj yuqori bo‘lgan mikroxromatika vositasining musiqiy jamiyat estetik taraqqiyoti manfaatlariga yo‘naltirish singari masalalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oilaviy” telekanalining “Ayol va zamon” ko‘rsatuvi ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2020 yil 22 iyundagi 39-39-674-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvdagi namoyish etilgan mikroxromatikaning genezisi, tarixiy bosqichlari, Sharq va G‘arb musiqasining o‘ziga xos nuqtai nazarlari, O‘zbekiston kompozitorlari uslubiga ta’siri va ijodidagi ahamiyati keng yoritib berilishi tomoshabinlarning ma’naviy olamini va estetik didini o‘stirish imkonini bergan;
bugungi kunda butun dunyoda yuz berayotgan global muammolarning musiqadagi aksi hamda sozlanish masalasining ochiq holatda qolishi, ularni qandaydir bir qolipga solinishida mikroxromatikaning ahamiyati borasidagi amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” FM 83,3 radiosining “Notadagi taqdirlar” eshittirishi ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 29 maydagi 1-107-son ma’lumotnomasi). Natijada, radio eshittirishdagi ilmiy-ijodiy materiallar tinglovchilarning badiiy saviyasini yuksaltirishda, XX-XXI asrlarda ijod qilib kelayotgan kompozitorlar ijod mahsullarining mazmuni xususida tasavvurlarga ega bo‘lishi hamda milliy ruhiyatdagi etuk, durdona asarlarni vujudga kelishida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
Sharq va G‘arb musiqiy-nazariy manbalarini tadqiq etish, shu bilan birga XX-XXI asrlarda ijod qilib kelayotgan O‘zbekiston kompozitorlari, jumladan D.Saydaminova, D.Yanov-Yanovskiy, J.Shukurov singari ijodkorlar asarlaridan (mikroxromatika nuqtai nazaridan) O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2019 yil 27 maydagi 01-03/104-193 son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy kompozitorlik ijodiyotida mikroxromatikaning asl mohiyati xususidagi o‘sib kelayotgan yosh iste’dodlar tasavvurlarini kengaytirishga asos bo‘lgan.