Boltaev Rustam Kurbonboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm “Tanbur chizg‘ilari”ning ilmiy va amaliy tamoyillari», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/San107.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Rustambek Samigovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasanomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.03/30.12.2019.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori; Ergasheva Chinora Ergash qizi, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA San’atshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy-nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm “Tanbur chizg‘ilari” tasnifi va tavsifi hamda “Tanbur chizg‘ilari”da bitilgan Xorazm Rost maqomining parda va usul tizimini ochib berish hamda hozirda an’anaviy uslubda bizgacha etib kelgan Rost maqomi aytim yo‘li ijrolari bilan taqqoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Tanbur chizig‘i”dagi Rost maqomi chertim yo‘lida “Murabba’i Komil”, “Musaddasi Feruz shohiy”, Navo maqomida “Saqili Feruz shohiy”. Segoh maqomida “Se usuli Feruz shohiy”, “Chor usuli Feruz shohiy”. Dugoh maqomida “Saqili Feruz shohiy”. Buzruk maqomida “Muxammasi Feruz shohiy”, “Saqili Islimxoniy”, “Saqili Niyozjon Xo‘ja”. Iroq maqomida “Muxammasi Feruz shohiy I”, “Muxammasi Feruz shohiy II”, “Se usuli Feruz shohiy” kabi musiqiy shakllar bastakorlar ijodiyoti bilan bog‘liq cholg‘u kuylari asosida yaratilgani dalillangan;
Maqomdon ustozlar tomonidan tasniflangan Rost maqomidagi Murabba’i Komil, Musaddasi Feruz shohiy, Se usuli maqomi Panjgoh doyra usullarining yozma manbalarda aks etishi ushbu nomdagi cholg‘u kuylarining zamonaviy nota yo‘liga olinganligi bilan asoslangan;
Xorazm “Tanbur chizg‘ilari”  Olti yarim maqomlardagi usullarga oid yangi ma’lumotlar asosida Murabba’i Komil, Musaddas, Musabba’i Rost, Se usul, Nufurdam usullari aniqlangan;
Milliy maqomshunosligida yangi cholg‘u janrlari Murabba’, Musaddas, Musabba’. Aytim yo‘lida esa Dugoh Husayni maqomi Navo turkumi,  Dugoh Xusayni maqomi Dugoh turkumi, Muqaddimai Nasri Hijoz maqomi Segoh, Nasri Hijoz maqomi Segoh mahalliy uslublar shakllanishi zaminida “Tanbur chizg‘ilari” yuzaga kelgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asrning ikkinchi yarmida Xorazmda yaratilgan “Tanbur chizg‘ilari”  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Tanbur chizig‘i”dagi Rost maqomi chertim yo‘lida “Murabba’i Komil”, “Musaddasi Feruz shohiy”, Navo maqomida “Saqili Feruz shohiy”. Segoh maqomida “Se usuli Feruz shohiy”, “Chor usuli Feruz shohiy”. Dugoh maqomida “Saqili Feruz shohiy”. Buzruk maqomida “Muxammasi Feruz shohiy”, “Saqili Islimxoniy”, “Saqili Niyozjon Xo‘ja”. Iroq maqomida “Muxammasi Feruz shohiy I”, “Muxammasi Feruz shohiy II”, “Se usuli Feruz shohiy” kabi musiqiy shakllarga oid xulosalardagn “O‘zbek milliy maqom san’ati markazi” tomonidan 2018 yil 6-10 sentyabr` kunlari Shahrisabz shahrida bo‘lib o‘tgan “Maqom musiqa san’ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya mazmunini boyitishda foydalanilgan (“O‘zbek milliy maqom san’ati markazi”ning 2019 yil 29 maydagi 88-son ma’lumotnomasi). Natijada konferensiya ishtirokchilarining “Tanbur chizg‘ilari”  haqida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga erishilgan;
Xorazm “Tanbur chizg‘ilari” Olti yarim maqom majmuasidagi usullarga oid yangi ma’lumotlar asosida Murabba’i Komil, Musaddas, Musabba’i Rost, Se usul, Nufurdam usullari o‘zbek mumtoz musiqasi janrlari va ular bilan bog‘liq ma’lumotlar “Xorazm” viloyat teleradiokompaniyasi orqali namoyish qilingan “Navozanda” va “Suvora supasi” turkum ko‘rsatuvlari ssenariysida foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 17 sentyabrdagi 1235-son ma’lumotnomasi).  Natijada “Xorazm Tanbur chizg‘ilari” haqidagi ma’lumotlar ilmiy asoslanganligi bilan tomoshabinlar aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoni yaratilgan;
milliy maqomshunosligida yangi cholg‘u janrlari Murabba’, Musaddas, Musabba’. Aytim yo‘lida esa Dugoh Husayni maqomi Navo turkumi,  Dugoh Xusayni maqomi Dugoh turkumi, Muqaddimai Nasri Hijoz maqomi Segoh, Nasri Hijoz maqomi Segoh mahalliy uslublar shakllanishi zaminida “Tanbur chizg‘ilari” yuzaga kelgani haqida olingan natijalar “O‘zbekiston” radiokanali orqali efirga uzatilgan “Maqom san’atimiz sayqali” turkum eshittirishlarida foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 22 dekabrdagi O‘z/R-1-37-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar “tanbur chizg‘ilari”ning asl mohiyati hamda ularning ilmiy va amaliy tamoyillariga oid xulosalar amaliyotga tatbiq etilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish