Xaydarov Dilshod Ochilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr oxiri – XXI asr boshlarida O‘zbekistonda sanoat shaharlarining rivojlanish tarixi (Zarafshon iqtisodiy rayoni misolida)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tar205.
Ilmiy rahbar: Raxmatullaev Shavkatjon Muxammadalievich tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.02.10.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Sayfulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Zarafshon iqtisodiy rayoni sanoat shaharlarida kechgan iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sobiq sovet davrida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar ta’sirida yuz bergan urbanizatsiya jarayonlarining Zarafshon iqtisodiy rayonida bir yoqlama kechganligi natijasida hududiy rivojlanishdagi nomutanosibliklar yuzaga kelganligi ochib berilgan;
“resurs shahar”, “iqtisodiy rayon” atamalari Zarafshon, Uchquduq, Nurobod, Zafarobod, Zarmetan, Ingichka kabi sanoat shaharlari misolida tarix fani sohasida birinchi marotaba qo‘llanilgani asoslangan;
rayondagi sanoat shaharlarida faoliyat ko‘rsatgan hamda inqiroziy holatda bo‘lgan sanoat korxonalariga nisbatan sanatsiya choralarini qo‘llash, korxonalarni sog‘lomlashtirish choralari, ya’ni, sarflangan mablag‘ning ijobiy natija bermaganligi, mahsulotlarning raqobatbardoshlilik darajasi ko‘tarilmaganligi va oxir oqibat ushbu korxonalarning aksariyati bankrotlikga uchraganligi ochib berilgan;
Zarafshon iqtisodiy rayonda joylashgan korxona ishchilari va shahar aholisi orasida ichterlama, kam qonlik, zardobli gepatit, o‘sma, sil kasalliklari kimyo korxonalarida changni ushlab qoluvchi uskunalarning etishmasligi, zararli chiqindilarning atrof-muhitga tarqalib ketishi oqibatida ko‘payganligi tarixiy faktlar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zarafshon iqtisodiy rayoni misolida sanoat shaharlari tarixi tadqiqoti davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Zarafshon iqtisodiy rayoni shaharlaridagi ijtimoiy va demografik jarayonlarga oid xulosalardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozisiyasini “Mustaqil O‘zbekiston: Ozod va obod Vatan” bo‘limini yangi materiallar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 11 fevraldagi 3/1255-431-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey xodimlari va ekskursovodlar uchun sanoat shaharlaridagi korxonalar hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi haqida yangi ma’lumotlar olishga imkon yaratilgan;
Zarafshon iqtisodiy rayoni sanoat shaharlari hamda sanoat korxonalari faoliyati, mulkiy munosabatlarning shakllanishiga oid ma’lumotlardan F1-FA-0-11986 raqamli “O‘zbekiston shaharlari tarixi: an’analar, urbanizatsiya va transformatsiya jarayonlari (eng qadimdan hozirgacha)” nomli fundamental loyiha doirasida tayyorlanib chop etilgan “O‘zbekistonda zamonaviy shahar madaniyati” nomli kollektiv monografiyaning “Yangi iqtisodiy infratuzilmalarning tashkil topishi” qismini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 11 fevraldagi 3/1255-431-son ma’lumotnomasi). Natijalar Zarafshon iqtisodiy rayoni sanoat shaharlarida zamonaviy bozor infratuzilmasining rivojlanishiga oid ilmiy xulosalarni tatbiq qilishga xizmat qilgan;
“urbanizatsiya”, “shahar”, “resurs shahar”, “iqtisodiy rayon” kabi terminlar mazmun-mohiyatiga oid xulosalardan “Samarqand viloyati geografiyasi” (ISBN 978-9943-5225-5-2) nomli monografiyaning “Urbanizatsiya jarayoni va shaharlar geografiyasi” va “Sanoati” bo‘limlarini yozishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 10 fevraldagi 89-03-818 son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning Samarqanddagi urbanizatsiya jarayonlari, sanoat shaharlarining demografik o‘zgarishlari haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan;
resursli shaharlarning o‘ziga xos iqtisodiy va ijtimoiy-geografik holatiga oid xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018-2019 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 11 fevraldagi 02/07-186-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizning urbanizatsiya tarixi, Zarafshon iqtisodiy rayoni sanoat shaharlari haqidagi ma’lumotlarni aholi o‘rtasida targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etgan.